9
5) jixozlar bosh reja sxemalari; 6) texnik iqtisodiy qism; 7)
konni ishlash tahlili
ustidan avtorlik nazorati.
1. “Konning geologik tavsifi” bo’limida geologik tuzilishi, mahsuldor
qatlamning kollektorlik tavsifi (o’tkazuvchanligi, g’ovakligi, har xilligi va boshqalar)
keltiriladi, qatlam va yer yuzasi sharoitidagi neft, gaz va suvning fizik-kimyoviy
xossalari, uyumning tabiiy rejimlari yoritiladi.
2. ”Konni ishlash texnologiyasi” bo’limida ishlash sistemasi asoslanadi:
1) ishlatish ob`yekti ajratiladi, quduqlar to’ri yoki quduqlar joylashtirilishining
umumiy
sxemasi tanlanadi; 2) jami ishlash davridagi yillik neft, gaz va suv qazib
olish hajmi aniqlanadi; 3) loyihalangan davrda yillar bo’yicha texnologik
ko’rsatkichlarning o’zgarish dinamikasi (neft, gaz va suv qazib olish, quduqlar fondi,
qatlam va usti bosimi o’zgarishi va boshqalar) asoslanadi; 4) uyumga mavjud ta’sir
usuli (suv va gaz haydash) va neft beraoluvchanlikni oshirish uchun yangi ta’sir
usullarini (issiqlik tashuvchilar, o’zaro eriydigan suyuqliklar, mitsillyar eritmalar va
SFM ni haydash) asoslash; 5) konni ishlash jarayonini nazorat
qilish va boshqarish
tadbirlarini asoslash; 6) barcha turdagi quduqlar ishlatuvchi quvurlar tizmasi
diametrini asoslash.
3. ”Quduqni ishlatish texnikasi” bo’limida: 1) quduqni ratsional ishlatish
usulini asoslash; 2) quduqni favvora usulidan mexanizatsiyalashgan usullarga
o’tkazish muddatlari; 3) quduqni ishlatish uchun kerak bo’ladigan
asosiy jixozlarni
aniqlash; 4) ikki yoki undan ko’p qatamlarni bir quduq orqali ishlatish hajmi va
imkoniyatlarini o’rnatish, shuningdek birgalikda suv (gaz) haydash hajmi va
imkoniyatlarini o’rnatish; 5) quduqni ishlatish jarayonida tadqiqot ishlari majmui.
4. ”Burg’ilash ishlarini tashkil qilish va amalga oshirish” bo’limida
yoritiladigan savollar: 1) konni burg’ilash uchun burg’ilash qurilmalari sonini
aniqlash; 2) quduq konstruksiyasini asoslash; 3) yuqori mahsuldorligini saqlagan
holda, quduqni o’zlashtirish ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishni ta’minlab,
burg’ilash va teshishda mahsuldor qatlamni samarali ochish shartini asoslash;
4) quduqni burg’ilash jarayonida olib boriladigan
tadqiqot ishlari majmuasini
10
asoslash; 5) kondagi burg’ilash ishlari texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari va kapital
xarajatlarni aniqlash.
5. “Jixozlar bosh reja sxemasi” bo’limida quyidagilarni o’z ichiga oluvchi
asosiy jixozlar sistemasi prinsipial yechimlari ishlab chiqiladi: quduqlar usti optimal
bosimini tanlash, quvurlar tizimining gidravlik hisobi, har bir quduq flyuidini
o’lchash bo’yicha avtomatik guruxiy o’lchov punktlarining optimal joylashtirilishi va
sonini, nasoslar stansiyasi jamlamasini ratsional joylashtirilishi, siquv nasos
stansiyasi (SNS), neft, gaz
va suvni tayyorlash qurilmasi, suv ta’minoti,
kanalizatsiya, yo’l, aloqa, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqalar;
tashqi sanoat qurilish ob`yektlar bog’liqligini va qurilish materiallari, energo va suv
ta’minoti, burg’ilash va neft qazib olish tashkilotlariga ishlab chiqarish xizmatlarini
aniqlash; dengiz konlari uchun gidrotexnik inshootlarni tanlash asoslanadi, suv
hududlari bo’yicha jixozlash ketma-ketligi va ishga tushirish navbatlari aniqlanadi.
6. “Texnik iqtisodiy qism” bo’limida quyidagilar aniqlanadi: 1) ishlash,
burg’ilash, ishlatish va jixozlash, hamda keltirilgan xarajatlar bo’yicha texnik-
iqtisodiy ko’rsatkichlarni asoslash; 2) ko’rib chiqiladigan variantlar bo’yicha texnik-
iqtisodiy ko’rsatkichlar; 3) quduqni burg’ilash va jixozlashga solishtirma kapital
xarajat normativlari va qurilish va montaj ishlari
hajmi va kapital xarajatlarni;
4) mehnat va ishlatish xarajatlarini aniqlash.
7. “Konni ishlash tahlili ustidan avtorlik nazorati” bo’limida konni ishlash
jarayonida to’plangan materiallar umumlashtiriladi, loyihaga kerakli tuzatmalar
kiritiladi va uyumning geologik tuzilishi va yer bag’rida kechadigan jarayonlarning
harakatlanuvchanligini hisobga oluvchi ishlashni me`yorlash bo’yicha tadbirlarni
asoslanadi.
Konni ishlash tahlili ustidan aftorlik nazorati takliflari kompleks sxema va
ishlash loyihasida asoslangan prinsipial texnologik yechimlar
asosida olib borilishi
kerak.
Kompleks sxema va loyiha tajribaviy ishlatish yoki sanoat ishlashga
qo’shishning asosiy hujjati hisoblanadi.
11
Shunday qilib, neft konini ishlashni kompleks loyihalashda ikkita asosiy
muammo yechiladi: sanoat neft zaxirasini ko’proq qazib chiqarish, shu bilan
birgalikda loyihalash va yig’ish, tashish va neft, gaz va suvni tayyorlash tizimini
qayta jixozlashga xarajatlarni sezilarli kamaytirish.