6
Konlarda neft, gaz va suvni yig‘ishni tashkillashtirish deganda neft – gaz – suv
quvur uzatkichlari orqali mahsulotni quduqdan
markazlashgan texnologik
qurilmalarga uzatish tizimi tushuniladi.
Neft yer ostidan chiqayotganida o‘z tarkibida turli xil tuzlar,
mexanik
zarrachalar, tabiiy gazlar va yo‘ldosh suvlarni olib chiqadi. Shuning uchun neft
quduqdan chiqqanidan keyin konning o‘zida maxsus tayyorgarlikdan o‘tkazilib
tayyor mahsulot holiga keltirilishi lozim.
Tayyor neft mahsuloti davlat standarti bo‘yicha ma’lum
talablarga javob
berishi kerak. Neftni konda tayyorgarlik darajasiga ko‘ra uch guruxga bo‘lish
mumkin. Ana shu guruxlarning tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar I.1-
jadvalda keltirilgan.