II.2. Konlarda qo‘llaniladigan neft, gaz va suvni yig‘ish tizimlari, ularning




Download 2,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/154
Sana28.11.2023
Hajmi2,57 Mb.
#106996
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   154
Bog'liq
N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov,

 
II.2. Konlarda qo‘llaniladigan neft, gaz va suvni yig‘ish tizimlari, ularning
yutuq va kamchiliklari 
Tazyiqli Baronyan–Vezirov yig‘ish tizimi. 1946 yilda Bakulik muhandislar 
tomonidan yaratilgan bu tizim birinchi yopiq holda ishlagan neft yig‘ish va 
tayyorlash tizimi bo‘lib hisoblanadi (II.1-rasm). 
Bu tizimda neftni yig‘ish uchun quduqlar (1,12,13) ustidagi bosim 0,5-0,6 MPa 
atrofida saqlanib turilishi kerak. Bunday bosim neftni boshlang‘ich yig‘ish va 
o‘lchash punktlaridagi o‘lchov asbobiga va undan keyin esa neftni tayyorlash 
uskunalarigacha yetib borishini ta’minlaydi. 
Agar quduqlar ustidagi bosim 0,6 MPa dan ortiq bo‘lgan hollarda quduq 
oldida maxsus gaz separatorlar (2) o‘rnatiladi va neftdagi erigan gaz ajratib olinib
yig‘ish tizimiga yo‘naltiriladi.


15 
Neft quduqlardan chiqib yo‘naltiruvchi quvurlar orqali o‘lchash asbobiga (3) 
yetib keladi. Bu yerda har bir quduq mahsulot miqdori navbati bilan o‘lchanadi. Bir 
o‘lchov asbobiga yettitagacha quduq qo‘llanilishi mumkin. O‘lchov asbobidan keyin 
ajratilgan gaz maxsus separatorga (5) yuborilib, u yerdan 0,1 MPa bosimgacha 
gazdan neft tomchilari ajratib olinadi va gaz quritgishga yo‘naltiriladi. Bu yerda gaz 
quritilib, tozalangandan so‘ng yuqori bosimli kompressorlar (11) ga uzatiladi. 
Kompressorlarda gaz yuqori bosimgacha siqiladi va gazdagi kondensatni ajratib olish 
uchun yana bir gaz-separator (10) ga yo‘naltiriladi. Bu yerdan chiqqan to‘liq 
tozalangan gaz gazni qayta ishlash zavodi (GQIZ) ga yoki gazlift usulida ishlovchi 
quduqlar (13) ga yuboriladi. 
O‘lchov asboblaridan chiqqan neft tindirgichlar (6) ga yo‘naltiriladi. Bu 
tindirgichlarda neftdan suv va qattiq moddalar (qum zarrachalari) ajratib olinadi. 
Tozalangan neft katta hajmdagi maxsus saqlagichlar (7) ga yuboriladi.Tayyor 
mahsulot holidagi neft saqlagichlardan neftni qayta ishlash zavodiga yoki temir 
yo‘ldagi neft quyish estakadalariga neft quvurlari orqali nasos stansiyasi yordamida 
haydaladi. 
Tindirgichlardan ajratib olingan suv va qum birgalikda qum separator(8)ga 
kelib tushadi. Bu yerda qum suvdan ajratib olinadi, suvni maxsus suv yig‘iladigan 
hovuzlarga jo‘natiladi.U yerda suv yuzida yig‘ilgan neft nasoslar orqali tortib olinib 
tindirgichlarga yuboriladi. 
Tazyiqli Baronyan-Vezirov yig‘ish tizimi Ozarbayjon, Turkmaniston kabi 
davlatlardagi konlarda hozirgi kungacha saqlanib qolgan. 

Download 2,57 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   154




Download 2,57 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II.2. Konlarda qo‘llaniladigan neft, gaz va suvni yig‘ish tizimlari, ularning

Download 2,57 Mb.
Pdf ko'rish