II.2-rasm. Grozniy neft institutining yig‘ish tizimi




Download 2,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/154
Sana28.11.2023
Hajmi2,57 Mb.
#106996
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   154
Bog'liq
N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov,

II.2-rasm. Grozniy neft institutining yig‘ish tizimi. 
1- quduqlar; 2- o‘lchov qurilmasi; 3- birinchi bosqich gazsizlantirish qurilmasi; 
4- GQIZ; 5- markaziy gazsizlantirish qurilmalari; 6- neftni tayyorlash qurilmalari. 
 
Yig‘ishning tazyiqli Giprovostok tizimi. Giprovostok tizimi neft yig‘ish va 
tayyorlash jarayonlarini yanada yiriklashtirish, bir yerda mujassamlashtirish va 
mahsulotlarni (neft, gaz, kondensat) bosim yetarli bo‘lmagan holda alohida jo‘natish 
uchun yaratilgan (II.3-rasm). 
 
II.3-rasm. Yig‘ishning tazyiqli Giprovostok tizimi
1-quduqlar; 2-guruxiy o‘lchov qurilmasi; 3-birinchi bosqich gazsizlantirish qurilmasi;
4- nasos stansiyasi; 5-GQIZ; 6-neftni tayyorlash qurilmalari; 7-NQIZ. 
Bu yig‘ish tizimi qo‘llanilganda quduqlar ustida 1-1,2 MPa atrofida bosim 
saqlanib turiladi. Quduqlarning (1) mahsuloti guruxiy o‘lchov qurilmasidan (2) 
o‘tganidan so‘ng birinchi bosqich gazsizlantirish qurilmasiga (3) yetib keladi. Bu 
yerda ajratib olingan gaz o‘z bosimi bilan 60-80 km masofagacha uzoqlikda bo‘lgan 
gazni qayta ishlash zavodiga (5) yuboriladi, neftni nasos stansiyasi (4) orqali 
markaziy neft yig‘ish punktida hisobdan o‘tkazilib, neftni tayyorlash qurilmalarida 


19 
(6) tayyor mahsulot holiga keltirilib iste’molchilarga jo‘natiladi. Giprovostok tizimi 
ko‘proq Rossiyaning Volga bo‘yi, Ural oldi konlarida hamda Tatariston
Boshqirdiston konlarida keng qo‘llaniladi. 
Yuqorida ko‘rib chiqilgan neft yig‘ish, tayyorlash va uzatish tizimlari ma’lum 
bir shart – sharoitlarga (quduqlarni ishlatish usuli va quduq usti bosimi), geografik 
hududlarga, bu hududlarning geografik muhitning tabiiy sharoitlari (o‘rmonzorlar, 
botqoqliklar, doimiy muzlik va h.k.) ga mo‘ljallanib yaratilgan. 
Bulardan tashqari, har qanday shart-sharoitlarga mo‘ljallangan neft yig‘ish, 
tayyorlash va uzatish universal tizimining kondan olinayotgan mahsulotni (neft, gaz 
kondensat) to‘liq bir-biridan ajratib olish, tayyorlashning texnologik jarayonidagi 
yo‘qotishlarni minimumga olib kelish va tayyorlash jarayonlarini to‘liq 
avtomatlashtirish yoki kompyuter orqali boshqarishgacha imkoniyati mavjud. 

Download 2,57 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   154




Download 2,57 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II.2-rasm. Grozniy neft institutining yig‘ish tizimi

Download 2,57 Mb.
Pdf ko'rish