21
quvur sarflash imkonini beradi. Gaz yig‘ish tizimining asosiy elementi bo‘lib,
shleyflar, yig‘uvchi kollektorlar, gaz yig‘uv va o‘lchov punktlari kiradi. Gaz yig‘ish
tarmoqlarining elementlari barcha gaz yig‘ish tizimlari uchun umumiy hisoblanadi.
Agar konda bir nechta qatlam va har xil bosimli quduqlar mavjud bo‘lsa, bunday
holatlarda bir nechta gaz yig‘ish tarmog‘i orqali gazni alohida yig‘ish
usulidan
foydalaniladi.
Quduqdan chiqayotgan gaz yig‘ish tarmoqlari va kollektorlar orqali gaz yig‘ish
punkti (GSP) va nazorat-taqsimlash punkti (KRP) ga yig‘iladi. Bu yerda gazning
bosimini o‘zgartirish va nazorat qilish ishlari ham amalga oshiriladi.
Bir qator gaz
bosimi past hollarda gaz kompressor stansiyasiga uzatiladi,
u yerda kerakli
bosimgacha siqilib katta bosimli tizimga o‘tkaziladi. Ko‘p hollarda quvurlarni tejash
va ortiqcha bosimlardan foydalanish uchun gaz ejektorlaridan foydalaniladi
(II
.5-rasm).
Gaz ejektori baland va past bosimli gazlar uchun mo‘ljallangan kameralardan,
soplodan, aralashish kamerasidan va diffuzordan tashkil topgan.