Bosimlar farqi o‘zgaruvchan va o‘zgarmas sarf o‘lchagichlar




Download 2,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/154
Sana28.11.2023
Hajmi2,57 Mb.
#106996
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   154
Bog'liq
N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov,

Bosimlar farqi o‘zgaruvchan va o‘zgarmas sarf o‘lchagichlar. 
Quvurlardagi suyuqlik, gaz va bug‘ sarfini bosimlar farqi o‘zgaruvchan sarf 
o‘lchagichlar bilan o‘lchash keng tarqalgan va yaxshi o‘rganilgan. Sarfni bunday usul 
bilan o‘lchash suyuqlik yoki gaz o‘tayotgan quvurda kichik diametrli to‘siq-
diafragma (III.5–rasm, a), soplo (III.5–rasm, b), Venturi soplosi III.5–rasm, c) va 
Venturi quvuri (III.5–rasm, d) o‘rnatish natijasida hosil bo‘ladigan modda potensial 
energiyasi (statik bosimi) ning o‘zgarishini o‘lchashga asoslangan. Kichik diametrli 
to‘siq vazifasini bajaruvchi toraytirish qurilmasi quvurga o‘rnatilib, mahalliy 
torayishni hosil qiladi. Suyuqlik, gaz yoki bug‘ quvurning kesimi toraygan joyidan 
o‘tayotganida uning tezligi oshadi. Tezlikning, binobarin, kinetik energiyaning ortishi 
oqimning kesimi toraygan joyida potensial energiyaning kamayishiga olib keladi. 
Bunda to‘siqdan keyingi statik bosim undan oldingi statik bosimdan kam bo‘ladi. 
Shunday qilib, modda toraytirish qurilmasidan o‘tishda bosimlar farqi ∆P=P
1
-P
2
hosil bo‘ladi. Bu bosimlar farqi oqim tezligi va modda sarfiga mutanosib bo‘ladi. 
Demak, toraytirish qurilmasi hosil qilgan bosimlar farqi quvurdan o‘tayotgan modda 
sarfining o‘lchovi bo‘lishi mumkin. Sarfning son qiymati esa difmanometr o‘lchagan 
∆P bosimlar farqi bo‘yicha aniqlanadi. 
Suyuqlik, gaz va bug‘larning sarfini o‘lchash, uchun toraytirish qurilmasi 
sifatida standart diafragmalar, soplolar, Venturi soplosi va Venturi quvurlari 
ishlatiladi. 
III.5-rasm, a da ko‘rsatilgan diafragma dumaloq teshikli yupqa diskdan iborat. 
Teshikning markazi quvur o‘qida yotishi kerak. 
Oqimning torayishi diafragma oldida boshlanadi va undan o‘tgach, ma’lum 
masofadan so‘ng, o‘zining eng kichik kesimiga erishadi. Undan keyin oqim tobora 
kengayib, quvurning to‘liq kesimiga erishadi. Modda diafragmadan o‘tganda, 
diafragma orqasidagi burchaklarda «o‘lik» zona hosil bo‘ladi. 


35 

Download 2,57 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   154




Download 2,57 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bosimlar farqi o‘zgaruvchan va o‘zgarmas sarf o‘lchagichlar

Download 2,57 Mb.
Pdf ko'rish