39
O‘zgaruvchan sathli sarf o‘lchagichlar tarkibiga qabul qiluvchi sig‘im (idish)
va suyuqlik sath balandligini o‘lchaydigan asbob kiradi. Sath balandligi o‘lchagichi
sifatida istalgan sath balandligini o‘lchash asbobi ishlatilishi mumkin. Qabul qiluvchi
sig‘im sifatida esa dumaloq (diafragma) yoki tirqish teshikli silindrik yoxud
to‘rtburchak idish xizmat qiladi. Bunday idishlardagi
suyuqlik sarfi uning sath
balandligi bo‘yicha aniqlanadi. Diafragma idish tagida yoki uning yon devorlarida
joylashishi mumkin, lekin suyuqlik sathi u oqib chiqadigan teshikdan yuqorida
bo‘lishi lozim. Tirqishning teshiklari idishning faqat
yon devorlarida joylashgan
bo‘lishi kerak, bu holda idishdagi suyuqlik sathi teshikning ustki chetidan baland
bo‘lmasligi lozim.
III.8-rasmda ko‘rsatilgan sarf o‘lchagich ikki shtutserli to‘rtburchak idish
2 dan
iborat.
III.8–rasm. Suyuqlik oqib chiqadigan tirqish teshikli sarf o‘lchagich.
Shtutserlardan biri idishning yonida joylashgan bo‘lib, suyuqlikni kiritish
uchun, ikkinchisi esa pastda joylashgan bo‘lib, suyuqlikning
oqib chiqishi uchun
xizmat qiladi. Idish ichki tomonidan to‘siq bilan bo‘lingan, bu to‘siqqa profillangan
teshikli shchit germetik ravishda mahkamlangan. Idishdagi suyuqlik oqib chiqadigan
tirqish oldiga muhofazalovchi g‘ilofli pezometrik naycha 1 cho‘ktiriladi. Haydalgan
havo miqdori nazorat stakanchasi
4 yordamida tekshiriladi. Havo bosimi
reduktor 6
orqali o‘zgarmas qilib saqlanib turiladi va manometr
5 bilan o‘lchanadi. Filtr
7
havoni tozalaydi. Pyezometrik naychadagi bosim tirqish oldidagi suyuqlik ustunining
40
zichligi va balandligi bilan, demak, suyuqlikning massaviy sarfiga bog‘liq.
Pyezometrik naychadagi gidrodinamik
bosimning qiymati difmanometr 3 bilan
o‘lchanadi. III.8-rasmda keltirilgan sarf o‘lchagichning xususiyatlaridan biri
ikkilamchi asbob shkalasining bo‘linmalari tengligidadir.
Tirqishli sarf o‘lchagichning sarf koeffitsiyenti tirqishning geometrik shakliga,
ayniqsa kirish qismidagi qirraning o‘tkirligiga bog‘liq.
Taqribiy hisobda sarf
koeffitsiyenti
a ning qiymatini 0,6 ga teng deb qabul qilinadi. Sarf koeffitsiyentining
aniq qiymati asbobning o‘zini darajalashda aniqlanadi.
Tirqishli sarf o‘lchagichlarda bosim difmanometr orqali o‘lchanadi. Sarf
o‘lchagich bilan difmanometr o‘rtasidagi pnevmatik nayning uzunligi 35 m dan,
difmanometr va ikkilamchi asboblarni ulovchi nayning uzunligi esa 300 metrdan
oshmasligi kerak. O‘lchash chegarasi 10...50 m
3
/soat bo‘lgan qurilmaning asosiy
xatosi ±3,5 %.