45
Sarflarni o‘lchash (rasxodametriya) sohasida o‘tkazilgan ko‘p yillik tadqiqotlar
mazkur muammoni hal etish yo‘lini taklif etishga imkon beradi. O‘lchashning ishlab
chiqilgan va patent olingan yangi spektrometrik uslubi asos bo‘lib xizmat qildi. U
yuqori gazli omilli yuqori tezlikli oqimlar sharoitida samaralidir. Bu uslub mahsulotni
yig‘ishning o‘tkazish quvuri tizimida fluktuatsion jarayonning (bosim fluktuatsiyasi)
spektral fazalarning oqimda sarflanishi to‘g‘risidagi
axborot manbai sifatida
foydalanishga asoslanadi.
Spektrometrik uslubning asosiy g‘oyasi shundan iboratki, bunda fazalar sarfini
ko‘p fazali oqimda fluktuatsion jarayonning quvvati spektrining chastotaviy
komponentlari bo‘yicha hisoblashdir. Bosim fluktuatsiyasini
hisoblash maxsus
oqimni o‘lchash o‘zgartkichi bilan amalga oshiriladi (III.10– rasm).
O‘lchash o‘zgartkichining asosiy elementlari maxsus 1 konstruksiyali
toraytiruvchi qurilma ko‘rinishidagi oqim shakllantirgich
va bosim fluktuatsiyasi
datchigi hisoblanadi. Toraytiruvchi qurilma quyidagilarga imkon beradi:
qurilmaning chiqishida fazalar sarfi o‘zgarishlarining keng oraliqlarida
ma’lum muntazam tuzilma
oqimini shakllantirish;
gidrodinamik tizimda quvvatning chastotaviy spektrining berilgan axborot
xossalariga ega fluktuasiya jarayonini uyg‘otish.
Fluktuatsiya jarayonini qayd etish pezokeramik sezgir elementli datchik orqali
amalga oshiriladi. Ishlangan o‘lchash o‘zgartkichidan
foydalanilganda datchikning
chiquvchi elektr signali o‘ziga xos chastotaviy spektrga ega bo‘lib, unda turli fazalar
sarfining ta’sir sohalari ajratilishi mumkin.
Axborot o‘lchash tizimining umumlashtirilgan sxemasi. Spektrometrik uslubni
amalga oshiruvchi axborot–o‘lchash tizimi (AO‘T) ning umumiy tuzilmasi sxemasi
III.11–rasmda keltirilgan. Unga o‘lchash moduli (O‘M), harorat datchigi (HD), bosim
datchigi (BD), aloqa liniyasi (AL) va axborot–o‘lchash qurilmasi (AO‘Q) kiradi.