57
Agar yutiluvchi suyuqlik konsentratsiyasi yuqori bo‘lsa, adsorbsiya usulidan
foydalanish yaxshi samara beradi. Adsorbsiyaning fizik va kimyoviy turlari mavjud
bo‘lib, fizik adsorbsiya jarayonida adsorbent va adsorbat molekulalari Van – Der –
Vals kuchi ta’sirida o‘zaro tortishish kuchi ta’sirida amalga oshadi.
Adsorbentlarga xlorli kalsiy, aktivlashgan temir oksidi, selikagellar ishlatiladi.
Ushbu komponentlar mexanik
va termik jihatdan mustahkam, zanglashni
kamaytiruvchi defitsit (taqchil) bo‘lmagan mahsulot bo‘lib, faqat tezlikda
almashtirilib turilishi kerak.
Absorbsiya
usulida
asosan
suyuq
sorbentlar
(yutuvchi)
qo‘shilib
absorbsiyalanuvchi mahsulot tarkibidan turli xil komponentlar ajratishga
mo‘ljallangan. Absorbsiya usulida gazni quritish texnologiyasi
gaz tarkibidan
namlikni yo‘qotish ham amalga oshiriladi.
Absorbentlar tariqasida gazlarni quritishda shunday moddalar qo‘shilishi
kerakki, u o‘ziga zanglashni kamaytiruvchi, kam qovushqoq, namligi katta,
barqarorlashtiruvchi uglevodorodlar bilan qiyin aralashadigan tomonlarini jam qilishi
kerak. Absorbentlar asosan glikol birikmalaridan etilenglikol (C
2
H
6
O
2
), dietilenglikol
(C
4
H
10
O
3
), trietilenglikol (C
6
H
4
O
4
) ishlatiladi. Bular eng
kichik qaynash haroratiga
ega bo‘lib, ularni tiklash davrini kamaytiradi.
Quritish davrida harorat pasayishi bilan glikollarning qovushqoqligi oshadi.
Shuning uchun 283K dan pastga tushirmaslik kerak yoki ko‘pincha qovushqoqlikni
kamaytirishda butil karbinol, benzin spirti qo‘shiladi. Rejimda haroratni kolonnalarda
DEG uchun 437K (164
o
C), TEG uchun 473K (200
o
C) ushlab turiladi.
Hosil bo‘lgan gidratlarni yo‘qotish uchun ingibitorlar qo‘llaniladi. Bularga
metanol CH
3
OH, suv bilan aralashtirilgan etilenglikol, dietilenglikol, trietilenglikol,
kalsiy xlorning 30% li eritmasi va boshqalar kiradi.
Bundan tashqari gidratlarni yo‘q qilish uchun
gaz uzatkichdagi gazning
bosimini pasaytirish mumkin.
Gazlarni mexanik qo‘shimchalardan tozalash chang ushlagichlarda amalga
oshiriladi. Bu separatorlar asosan gazni kompressor stansiyasigacha va gazni
58
taqsimlash stansiyasigacha kirish oldidan o‘rnatiladi. Ular tuzilishi bilan farq qilib,
ho‘l yoki quruq filtrlash prinsipi bilan ishlaydilar ( siklon yoki chang ushlagichlar).
Yuqorida ko‘rsatilgan barcha qo‘shimchalardan tozalangan gaz hidlantiriladi.
Hidlantiruvchi modda sifatida etilmerkaptan C
2
H
5
SH ishlatiladi. Hidlantirish jarayoni
«barbotash»
apparatida sodir etilib, 1000 m
3
gazga 16 gr etilmerkaptan qo‘shiladi.
Tozalangan gaz bosh inshootida joylashgan bosh kompressor yordamida magistral
gaz quvuriga haydaladi.
Jo‘natishga tayyorlangan gazning tarkibi davlat standarti talablariga javob
berishi kerak (GOST 5140-83).