52
Gaz I kameraga kirganda uning bosim kuchi diafragmani o‘ng tomonga suradi,
II kamera toraya boshlaydi va undagi gaz miqdori bir porsiya bo‘lib, teshik
5 orqali
sarfga o‘tadi. Diafragma o‘ngga surilib ma’lum
oraliqqa kelganda, richag
6 pastki
klapanlarni berkitadi.
Endi gaz II kameraga yig‘iladi va diafragmani chapga surib
I
kameradagi
gazni teshik 5 orqali sarfga chiqaradi. Diafragma ma’lum oraliqqa
surilganda richag
6 endi yuqori klapanlarni yopadi, gaz
I kamerada yig‘iladi.
Shunday qilib, kameralardan teng miqdoragi gaz
porsiyalari ma’lum sikl bo‘yicha
sarfga chiqib
turadi. Richagning har bir sikldagi harakati
hisoblagich
7 ko‘rsatkichida hisoblanib turadi.
Ko‘p miqdordagi suv sarfini o‘lchashda
asosan spiralsimon parrakli
tezlik hisoblagichlar
ishlatiladi.
Suyuqlikni parrakka uzatish usuliga ko‘ra
qanotli hisoblagichlar bir sharrali va ko‘p sharrali bo‘ladi.
III.14-rasmda bir sharrali (
a) va ko‘p sharrali (
b) hisoblagichlar sxemasi
ko‘satilgan. Bu hisoblagichlarda suyuqlik asbobning parraklariga tangensial ravishda
yo‘naltiriladi. Parrakli hisoblagichlar agressiv bo‘lmagan
oqimda ishlasa va oqim
harorati 30°C dan oshmasa, ularning parragi plastmassadan tayyorlanadi. Oqim
harorati 90°C dan yuqori bo‘lsa, parraklar jezdan tayyorlanadi.
Nazorat savollari:
1.Quduqdan olinayotgan mahsulot qanday qilib o‘lchanadi?
2.Gaz miqdori qanday qurilmalar yordamida o‘lchanadi?
3.Mahsulot miqdorini o‘lchashda qo‘llaniladigan qanday
avtomatik qurilmalarni
bilasiz?
4.Dina – Stark apparati yordamida nima aniqlanadi?
5.O‘lchashning zamonaviy usullari.
6.Modda sarfi va miqdorini o‘lchashusullari.
а
б