|
IV.2. Neft quvurlarining ifloslanishi va ularning oldini olish usullariBog'liq N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov,
IV.2. Neft quvurlarining ifloslanishi va ularning oldini olish usullari
Neft koni hududidan o‘tgan tashlama quvur va neft yig‘uvchi kollektorlarning
ifloslanishi quyidagi sabablar natijasida sodir bo‘ladi:
- neft bilan quduq ustiga chiqadigan qattiq zarrachalar oqimining tezligi
yetarli darajada bo‘lmagan taqdirda neft uzatkich quvurlarga cho‘kadi va ularning
o‘tkazuvchanligini pasaytiradi;
- ba’zi bir termodinamik sharoitlarda neft, gaz va suvning birgalikda oqishida
ulardan turli tuzlar va parafin cho‘kishi mumkin;
- quvur uzatkichlarning korroziyasi natijasida ularning ichki devorlarining
buzilishidan hosil bo‘lgan zarralar oqimning tezligi pasaygan vaqt cho‘kishi mumkin.
Neft – gaz oluvchi tashkilotlar quvur devorlarida parafin cho‘kishini oldini
olish va hosil bo‘lgan parafinni yo‘qotish uchun turli usullarni qo‘llashadi.
Bularning eng asosiylari quyidagilar:
- neft – gaz yig‘ishning germetizatsiyalashgan tazyiqli (0,981 – 1,47 MPA)
tizimini qo‘llash;
- bug‘ haydovchi qurilmalar (BHQ) yordamida parafinlashgan quvurlarga bug’
haydaladi va bu bug‘ parafinni eritadi.
Parafinning quvur devorlariga yotishini oldini olish maqsadida quvur
uzatkichlarning ichki devorlaridagi g‘adir – budirliklarni kamaytirish maqsadida
laklar, epoksid yelimlar va shisha plastiklar bilan qoplanadi;
- sirt faol moddalarni qo‘llash. Bunda SFM larning sarfi 10 – 12 g/t ni tashkil etadi;
- issiqlikni ushlab turuvchi qoplamalar (teploizolyatsiya) dan foydalanish;
- rezina sharlardan (torpeda) foydalanish. Bular quduq ustidan tashlama quvurlar
orqali yuborilib, guruxiy o‘lchagich qurilmalardan (GO’Q) olinadi.
Mana shu oltita usuldan ko‘proq birinchi va ikkinchisi qo‘llaniladi.
56
IV.3. Gaz uzatkichlardagi suyuq va gidratli tiqinlar, ularning oldini
|
| |