VI.2. Kon qurilmalarining korrozion yemirilishi
Korroziya detallarning va mexanizmlarning ish qobiliyatining pasayishi va
ishdan chiqishiga olib keluvchi asosiy yemiruvchi omillardan biri hisoblanadi.
Korroziya natijasida yo‘qotishlarni bevosita va bilvosita usullarga bo‘lish
mumkin.
Bevosita korroziyadan yo‘qotishga buyumlarni himoyalash uchun qilinadigan
sarf-xarajatlar va metallning ish qobiliyatini yo‘qotish natijasida to‘liq ishdan chiqishi
kiradi. Mutaxassislar hisob-kitobiga ko‘ra metallarning to‘liq ishdan chiqishi hozirgi
vaqtda yiliga 10-15% ini tashkil etadi.
73
Bilvosita korroziyadan yo‘qotishga jixozlarning ish unumdorligi kamayishi
natijasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifati va hajmi kamayishi, hamda
metallar sarfining oshishi kiradi.
Neft va gaz sanoatida korroziya natijasida ko‘pgina jixozlarning ish
unumdorligi kamayishi va ishdan chiqishi kuzatiladi. Ayniqsa quvurlar, jo‘mraklar va
rezervuarlar shular jumlasidandir.
Metallarning korroziyaga qarshilik ko‘rsatish qobiliyati korroziyabardoshlilik
deyiladi. Metall va ularning qotishmalari har xil haroratli sharoitlarda va har xil
tashqi muhitlarda turlicha korroziyabardoshlilikka ega bo‘ladi.
Korroziyaga qarshi himoya usullari konstruksion, texnologik va foydalanish
davridagi tadbirlarga bo‘linadi va uning usullari korrozion eksperimental tadqiqotlar
asosida ishlab chiqiladi.
Metall materiallar ularni qurshab turgan muhit ta’sirida har xil tezlikda
yemiriladi. Bu yemirilishning asosiy sababi metall sirtining tashqi muhit bilan
kimyoviy o‘zaro ta’siri natijasida bo‘ladi.
Korrozion jarayonlar metall sirtida sodir bo‘ladigan reaksiyalar mexanizmiga
ko‘ra kimyoviy va elektrokimyoviy korroziyalarga bo‘linadi.
Kimyoviy korroziya metallning agressiv muhit bilan o‘zaro kimyoviy ta’sirida
sodir bo‘ladigan jarayonlar orqali kechadi. Kimyoviy korroziyada metall sirti bilan
suyuq yoki gazli muhitlarning kimyoviy geterogen reaksiyalari sodir bo‘lib, natijaviy
elektr toki hosil bo‘lishi kuzatilmaydi. Korroziya metall sirtiga quruq gazlar va
bug‘lar, suyuq elektrolitmaslar (neft va uning mahsulotlari, spirtlar, mineral yog‘lar,
organik birikmalar) ta’sirida kuzatiladi.
Eletrokimyoviy korroziya geterogen elektrokimyoviy reaksiyalar bo‘lib, unga
suvli eritmalarda, nam gazlarda, tuz va ishqorli eritmalarda sodir bo‘ladigan
jarayonlar kiradi va metallning muhit bilan o‘zaro ta’siri natijasida elektr toki hosil
bo‘lishi kuzatiladi. Elektrokimyoviy korroziyani sodir bo‘lish sharoiti, muhitning
xossalariga va boshka turlarga ko‘ra tasniflash mumkin.
74
Agressiv muhitlarning turlariga ko‘ra korrozion jarayonlar atmosferaviy,
gazda, suyuqliklarda, tuproqda, adashgan toklar ta’sirida, biologik korroziyalarga
bo‘linadi.
Metall qurilmalarning korroziyalanishi ikki mexanizm asosida sodir etadi:
kimyoviy va elektrokimyoviy (VI.1-rasm). Kimyoviy mexanizmdagi ko’rinish yuqori
haroratda gazlar ta’sirida, “Quruq” atmosfera sharoitida va tok o‘tkazmaydigan
suyuqliklarda sodir bo‘ladi. Metallarning kimyoviy korroziyasida oksidlanish va
qaytarilish jarayoni bir vaqtni o‘zida tashqi muhit va metall ta’sir chegarasida sodir
bo‘ladi (geterogen muhit). Natijada metallarning oksidlari hosil bo‘ladi.
Masalan: FeO; Fe
2
O
3
; Fe
3
O
4
; Al
2
O
3
; ZnO
2
va boshqalar.
Metallarning elektrokimyoviy mexanizmi asosidagi yemirilishi elektrolitlarda,
tuproq sharoitida, bakteriyalar ta’sirida va “Ho‘l”, “Nam” atmosfera sharoitida sodir
bo‘ladi.
Elektrokimyoviy korroziya yemirilish mexanizmi galvanik neftlarning
yemirilish mexanizmiga o‘xshash bo‘ladi. Metall yuzasida quyidagi sabablarga ko‘ra
makro va mikro galvanik juftlar hosil bo‘ladi:
- metall makro va mikro tarkibining bir xil bo‘lmasligi;
- metall makro va mikro yuza tekisligini bir xil bo‘lmasligi;
- iflosliklarni va korroziya mahsulotlarini metall yuzasida bir xil
tarqalmaganligi;
- metall yuzasida ezilgan va chizilgan joylarni bo‘lish va boshqalar.
- Hosil
bo‘lgan galvanik juftlarning anod bo‘limida oksidlanish
(Me→Me
n
+ne), katod bo‘limida esa qaytarilish jarayonlari (D+ne→ne;
D=H
+
; O
2
; Me
n+
) sodir bo‘ladi. Natijada metallarning gidrooksidlari hosil
bo‘ladi. Masalan: quvurlar korroziyasi Fe(OН)
2
; Fe(ОН)
3
; Al(OН)
3
va
boshqalar (VI.2-rasm).
- Shunday qilib, metallar korroziyasi deb ularning tashqi muhit ta’sirida
o‘zaro kimyoviy, elektrokimyoviy jarayonlar natijasida o‘zicha
yemirilishiga aytiladi.
75
- Neft va gaz quvurlari, foydalanish davrida, yuqorida ko‘rsatilgan sharoitlar
ta’sirida bo‘ladilar va tegishlicha korroziyalanadilar.
|