80
Jixozlarning ichki korroziyasi ishchi muhit bilan kontakt natijasida sodir bo‘lib,
tashqi korroziyasi esa tashqi muhit - atmosfera sharoiti, tuproq tarkibi, adashgan
toklar ta’siri kabilar bilan bog‘liqdir.
Tashqi korroziyaga qarshi elektrokimyoviy usullar, izolyatsion qoplamalar
bilan qoplash kabi usullar qo‘llaniladi.
Ichki korroziyaga qarshi himoya izolyatsion qoplamalar qoplash, ishchi
muhitga kimyoviy reagentlar, ingibitorlar, bakteritsidlar kiritish, Shuningdek
texnologik uslublar – agressiv muhitni normal muhitga aylantiruvchi emulsiya hosil
qilish, jixozni sovitish, metall jixozning agressiv muhitda ishlash vaqtini kamaytirish
kabi yo‘llar bilan erishiladi.
Neft va gaz qazib olishda kon muhitida yuqori miqdorda oltingugurt
birikmalarini va kislorodning bo‘lishi muhit korrozion faolligini oshiradi.