78
bo‘ladi va tegishlicha, normal kuchaytirilgan va juda kuchaytirilgan turlarga
bo‘linadi. Surkalgan mastika qavatining mexanik jarohatlardan saqlash uchun, uning
ustini o‘rovchi materiallar bilan (qog‘oz, brizol, bikarul, tol, ruberoid, shisha, xolost
va boshqalar) o‘raladi.
Izolyatsiya qoplamasini sifati tekshirib ko‘riladi
va keyin quvurni zovurga
yotqizilib, ishlatilish uchun ruxsat beriladi.
Polimer qoplamalari vazifasida polietilen, polivinil xlorid asosida yopishqoq
tasmalardan foydalaniladi. Ularning quvur
ustidagi qavatini hosil qilish, bitum
qavatini hosil qilishga o‘xshagan bo‘lib, oldin tozalanadi va bitum tekislovchi
qavatini hosil qilinadi. Keyin yopishqoq polimer lentalar bilan o‘raladi. O‘raladigan
polimer lentalarning qavatiga ko‘ra,
ular ham normal, kuchaytirilgan va juda
kuchaytirilgan turlarga (konstruksiyalarga) bo‘linadi.
Masalan, bir qavat o‘ralsa normal, ikki qavat o‘ralsa kuchaytirilgan, uch qavat
o‘ralsa juda kuchaytirilgan hisoblanadi. Polimer lentasi asosidagi izolyatsiya
qoplamalari
diametri 1420 mm gacha bo‘lgan quvurlar va ular orqali tashiladigan
mahsulotlar harorati
+40
о
С (polietilen lentasi uchun)
+60
о
С (polivenilxlorid lentasi
uchun) bo‘lgan sharoitlarda foydalaniladi.