91
Bu separator qobig`ida gaz asosiy suyuqlik massasidan ajraladi va to’kuvchi
quvur 8 orqali to’qiladi.
VII.6–rasm. Tabiiy gaz uchun
mo’ljallangan
siklonli
separator.
a–separatorning
umumiy
ko’rinishi:
1 – korpus; 2 – to’kuvchi
quvur;
3 – siklon korpusi;
4 – gazning siklondan chiqishi;
5 – yoruvchi kamera;
6-gazsuyuqlik aralashmasining
tangensial kirishi.
Suyuqlik bilan qobiqqa kirishga ulgurmagan gaz tangensial kirish 5 orqali
siklonga kiradi. Siklon korpusida gaz suyuqlikdan ajraladi. Ajralgan suyuqlik yupqa
parda holatida
separator pastiga oqadi, gaz esa quvur 4 orqali kengaytiruvchi
kameraga tushadi. Gaz oqimining tezda pasayishi evaziga kondensat ajralib quvurcha
2 orqali pastga tushadi.