88
O’z og’irlik kuchi bilan ajralmagan neft gaz oqimi bilan jalyuzli nasadka 4 ga
uriladi. U yerda kichik plyonka holida yig’ilib, quvurcha 12 orqali separatorning
pastki qismidagi suyuqlikka oqib tushadi.
VII.3-rasmda gorizontal neftgazsuv separator kesimi bilan umumiy ko’rinishi
keltirilgan. Neftgazsuv aralashmasi qabul qiluvchi patrubka 6 orqali apparatga kirib,
taqsimlovchi kollektor 5 ga tushadi. Taqsimlovchi kollektor teshigidan chiqayotgan
neftgazsuv aralashmasi juda kichik tezlik bilan tarkibida SFM bo'lgan suvli
podushkadan o'tib neft, gaz va suvga ajralib 11, 12 va 2 chiqish quvurlari orqali
separatordan chiqariladi.
Neftning suvdan samarali ajralishiga neftni tayyorlash qurilmasida issiqlikdan
foydalanilganda va KSSU ga kiritilayotgan SFM yordamida erishiladi.