86
seksiyasi IV dan chiqayotgan gaz oqimi tarkibidagi tomchi ko’rinishidagi suyuqliklar
miqdori va neftni yig’ish seksiyasidan chiqayotgan neft tarkibidagi gaz pufakchalari
miqdori. Bu ko’rsatkichlar qancha kam bo’lsa,
separator shuncha samarali
ishlamoqda deyishimiz mumkin.
Gaz va gazkondensat koni maydonida o’rnatilgan separatorlarning samarali
ishlashi faqat birinchi ko’rsatkich, yani gaz oqimiga qo’shilib
ketayotgan suyuqlik
tomchilari miqdori orqali aniqlanadi.
Jalyuzali nasadka o’rnatilgan separatorning umumiy ko’rinishi va kesimi
VII.1- rasmda keltirilgan. Neftgaz aralashmasi bosim ostida quvurcha 6 orqali butun
uzunligi bo’yicha teshigi bo’lgan taqsimlovchi kollektor 2 ga beriladi.