VII.3- rasm. Gorizontal neftgazsuv separator- oxirgi umumlashgan ajratish qurulmasi (KSSU). 1- separator korpusi; 2 – gaz chiquvchi quvur; 3 – bosim me`yorlagich; 4 – lyuk; 5 – taqsimlovchi kollektor; 6 – neft, gaz va suvning kirishi; 7 va 8 – neft va suvni yig’ishni amalga oshiruvchi mexanizm; 9 – ikki fazali poplavok “suv-neft”; 10 – poplavok; 11 va 12 – neft va suv uchun drenaj quvuri. VII.4–rasmda
Giprovostokneft
instituti
tomonidan
ishlab
chiqilgan
gidrosiklon ajratgichi qirqimi keltirilgan. Neft gaz aralashmasi tangensial kirish 1
orqali gidrosiklon separatoriga kiradi, markazdan qochma kuch hisobiga neft
tarkibidagi gaz ajratiladi; Neft kirishda devor bo’ylab oqadi, gaz esa markazdan
bosim hosil qilib quvurcha 2 orqali separatordan chiqariladi. Gazdan ajratilgan neft
qiya tekislik 8 orqali separator pastki qismiga va u yerdan tashqariga chiqariladi.
89
Qiya tekislikda oqib tushayotgan neft tarkibidan ajralgan gaz va gidrosiklon
chiqishidan ulgurmagan gaz setka 5 ga tegib, gaz oqimi tarkibida ketayotgan suyuqlik
tomchilari ushlab qolinadi.
Sputnik – A va Sputnik –B lar gidrosiklon separatorlar bilan jixozlangan
bo’lib, ularning gaz tarkibida suyuqlik tomchisi ko`p ketishi bilan samarasiz ishlaydi.
VII.5- rasmda yuqori samarali gravitatsion separator keltirilgan. Bu
separatorga neft gaz suv aralashmasi qiya quvur 1 orqali kiritiladi. Quvur qiyaligi
gorizontga nisbatan 30 -40 grad. ni tashkil qiladi. Qiya quvur uzatgich 1 ga tik
joylashgan gaz chiquvchi quvur payvandlangan bo’lib, uning ikkinchi uchi separator
korpusiga mahkamlangan diffuzor 3 ga mahkamlanadi.
VII.4 – rasm. Gidrosiklon separator 1 - aralashmaning tangensial kirishi; 2 – gazning chiqishi; 3 - gidrosiklon boshchasi; 4 – gidrosiklon korpusi; 5 – tomchi tutgich setka; 6 – to’siq; 8, 10 – qiya tekislik; 9 – suyuqlik ustunini me`yorlagich. Separatorning ishlash prinsipi quyidagicha yig’uv kollektorlarida neft va gaz
birga harakatlanadi. Uzoq masofa 1 -5 km gach harakati natijasida neft va gaz alohida
ajralib qiya quvurda gaz yanada ko’p ajralib quvur 2 orqali separatorga, neft esa
quvur 1 bilan separatorga kiradi. Neftdan ajralishga ulgurmagan gaz pufakchalari
tekis diffuzor 4 orqali neftgaz oqimi sekinlashtirilib qiya tekislik 6 ga tushadi. U
yerda neft tarkibidagi ahamiyatsiz gaz ajraladi. Neftdan ajralgan gazning asosiy qism
90
quvur 2 dan diffuzor 3 orqali separatorga kiritiladi. Gazning tarkibiga qo’shilib
ketayotgan suyuqlik kaseta 5 yordamida ushlab qolinadi.
Qiya tekislikka 1 -1,5 sm oraliq masofada o’rnatilgan plastinalar ko’pik
tarqatish uchun xizmat qiladi.