Bog'liq N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov,
V.2.1. Murakkab neft quvurlari tizimi gidravlik hisobi Quvurning mahkamligiga yuqori talablar qo`yiladi. Chunki quvurlar yer ostida
joylashtirilgan bo`lib, ularga ichki va tashqi kuchlar ta‘sir qiladi. Ichki kuch ta‘siriga
neft va gazlarni tashish jarayonida quvur ichida hosil bo`ladigan bosimlar, tashqi
kuch ta‘sirlariga tuproqning og`irlik bosimi, tuproq haroratini o`zgarishidagi ta‘sirlar
(quvurning uzunligi va ko`ndalang kesimi bo`yicha hosil bo`ladigan kuchlanishlar)
quvur va izolyatsiya qoplamalarining ta‘sirlari. Magistral quvurining mahkamligini
yuqori bo`lishi bilan bir qatorda, ular payvand – bo`luvchanlik, korroziyaga va
eskirishga chidamlilik xususiyatlariga ega bo`lishlari hamda yengil, arzon bo`lishi
kerak. Umuman quvur mahkamligini ta‘minlash, uni avariyasiz ishlashini, atrof –
muhit musaffoligini saqlashda katta omil bo`lib xizmat qiladi. Quvurlarni
mahkamligi ularning devori qalinligining to`g`ri tanlanishiga bog`liq. Quvurlarni
devori qalinligi quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:
mm P n P Z D P n tash ;
1
Quvur uzunligi bo`yicha siquvchi kuchlanish bo`lganda devor qalinligi
quyidagicha aniqlanadi:
mm P n P D P n tash ;
2
1
1
67
bu yerda, D tash – quvurni tashqi diametri, mm. P – quvur ichidagi normativ ishchi
bosim, kg.s/sm
2
n – quvurdagi ortiqcha bosim koeffitsiyenti, ψ 1 – quvurni ichki o`qi
bo`yicha kuchlanish holatini hisobga oluvchi koeffitsiyent.