38
Laboratoriya va sanoatda shisha (sarfni joyida o‘lchaydigan)
va metalldan
yasalgan rotametrlar chiqariladi.
Konussimon naychali shisha rotatametrlar suv bo‘yicha
3000 l/soat va havo
bo‘yicha
40 m
3
/soat o‘lchov chegarasiga; 0,6 mPa (
6 kgk/sm
2
) gacha ishchi bosimga
mo‘ljallangan.
III.6-rasmda ko‘rsatishlarni masofaga elektr differensial-transformator
orqali
uzatadigan rotametr sxemasi keltirilgan. Rotametrning o‘lchash qismi diafragma
2 va
silindrik metall korpus
1 dan iborat.
Diafragma
2 teshigida shtok
4 ga bikr qilib o‘rnatilgan konussimon qalquvchi
3
harakat qiladi. Shtokning ustki qismida differensial transformatorli o‘zgartgichning
o‘zagi
5 o‘rnatilgan. O‘zak naycha
6 ichida joylashgan,
naycha tashqarisida esa
o‘zgartgichning g‘altagi
7 bor.
Shkalasiz rotametlar ko‘rsatuvchi yoki qayd qiluvchi ikkilamchi differensial-
transformatorli asbob tarkibida ishlatiladi. Rotametrlar ortiqcha ish bosimi ta’siridagi
muhit sarfini o‘lchash uchun (6,27 MPa) chiqariladi. Bu
asboblar kattaroq ortiqcha
bosimlarga ham mo‘ljallab chiqariladi. Bundan tashqari, o‘zgarmas 0...5
mA tokli
chiqish signali bilan ishlaydigan rotametrlar ham mavjud. Ularning suv bo‘yicha
o‘lchash chegarasi
16000 l/soat.
Portlash va yong‘in xavfi bor joylarda ko‘rsatishlarni masofaga pnevmatik
uzatadigan rotametrlar ishlatiladi.