44
Gazlar sarfini o‘lchash uchun ionli o‘lchash usulidan foydalanish mumkin. Bu
usul quvurdan o‘tayotgan gazlarning radioaktiv nurlanish manbalari yordamida
davriy ionlanishiga asoslangan. Gazning ionlashgan qismi ma’lum vaqt o‘tgach (bu
vaqt gaz tezligiga bog‘liq) nurlanish qabul qilgichiga boradi va bu yerda, tok impulsi
hosil bo‘ladi. Shundan so‘ng impuls kuchlanadi va bir qator o‘zgartirishlardan so‘ng
sarf birligiga keltiriladi. Shu bilan birga harakatdagi oqimga vaqti-vaqti bilan izotopli
radioaktiv nishonlar kiritiladi. Bu nishonlardan chiqadigan impulslar qabul qiluvchi
qurilma orqali tutiladi va qator o‘zgartuvchi elementlar yordamida o‘lchash asbobiga
uzatiladi.
Ionli asboblar ishda g‘oyat qulay va ishonchli, ammo ularni ishlatish,
qo‘zg‘atish va ta’mirlash uchun maxsus xizmat xonasi, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar
talab qilinadi, radioaktiv nurlanishdan tegishli himoya kerak bo‘ladi. Shuning uchun,
amalda sarfni o‘lchash uchun neytral nurlanish, masalan ultratovush nurlanish
ma’qulroq.