III.1-rasm. Guruxiy o’lchov qurilmasida debitni o’lchashning prinsipial sxemasi:
1-yig’uv kollektori; 2-ishchi grebyonka; 3-ishchi separator, 4-tashlama kollektor; 5-siquv nasosi;
6-gaz quvuri; 7-uch yoqlama klapan; 8-o’lchov kollektori; 9-o’lchov separatori; 10-debit ’lchovchi.
Sputnik-A
3
10
7
,
15
Pa va
5
10
3
,
39
Pa ishchi bosimlarda ishlab chiqariladi,
bunda quduqning maksimal maxsuldorligi 400 m
3
/kun va suyuqlik qovushqoqligi
80 sSt dan oshmasligi kerak. Bu ko‘rsatkichlarda Sputnik-A ning suyuqlik mahsulot
miqdorini o‘lchash xatoligi
2,5 ni tashkil etadi.
Sputnik-B40 VNIIKA neft gaz institutining Oktabr filiali tomonidan ishlab
chiqilgan. Uning ishlash tartibi quyidagicha: masalan, agarda Sputnikka biriktirilgan
2 ta quduq suvlanib, qolgan 12 ta toza neft berayotgan bo‘lsa, unda qo‘l bilan maxsus
teskari to‘sqichlarni berkitiladi va suvlangan quduqlarning mahsulotlarini surilma
yordamida suvlanish chizig‘i bo‘ylab yig‘uvchi kollektorga yo‘naltiriladi.
Sputnik –B, Sputnik-V va Sputnik-B40 qurilmalari yordamida ham alohida
suvlangan va suvlanmagan quduqlarni sarfini o‘lchash mumkin.
Sputnik-V VNIIKA neft gaz institutining Grozniy filiali tomonidan ishlab chiqilgan,
u ham Sputnik-A kabi quduqlarni avtomatik ravishda berilgan programma asosida
o‘lchashga qo‘shish va erkin gaz debitini avtomatik o‘lchash uchun mo‘ljallangan.
29
Bu qurilmaning kamchiligi shundaki, parafinli neftni o‘lchash jarayonida darajalash
(tarirovka) idishidagi parafin cho‘kindilari suyuqlik miqdorini o‘lchash aniqligini
pasaytiradi.
III.2-rasm. Sputnik-A qurilmasining texnologik sxemasi:
1-uzatuvchi quvurlar, 2-suvlangan quduqlar, 3-o‘lchovchi patrubka, 4-gidrosiklon separator,5-gaz
quvuridagi zaslonka, 6-quvurli sarf o‘lchagich, 7-sath o‘lchagich,8-gidrouzatma, 9-elektrodvigatel,
10-otsikatel, 11-yig‘uvchi kollektor, 12-ajratib qo‘shgichning rotorli karetkasi, 13-quduqlarni ko‘p
tarmoqli ajratib qo‘shgich, 14-silindr.
Toza neft berayotgan quduqlarning mahsuloti quduqlarning ko‘p harakatli
o‘zgartiruvchisini idishiga yo‘naltiriladi, u yerdan yig‘uvchi kollektorga kelib
tushadi, so‘ngra suvsiz neft kollektoriga kelib tushadi.
O‘lchash uchun keltirilgan har bir quduqning suyuqligi quduqlarning rotor
o‘zgartiruvchisi orqali gidrotsiklon separatorga yo‘naltiriladi. Separatordan gaz
chiqish yerida, separator va gaz sarflagich orasida bosimlar farqini doimiy
ta’minlovchi bosimlar farqini tartiblagich o‘rnatiladi.
Sputnikda neftni suvlanganlik foizini aniqlash uchun nam o‘lchagich
o‘rnatilgan va u orqali quduq mahsulotining hammasi o‘tkaziladi. Yana shu
qurilmaga o‘xshash Sputnik-B40-24 ham ishlab chiqilgan, uni Sputnik-B40 dan farqi
30
shuki, unga 14 ta emas, balki 24 ta quduqni ulash mumkin, qolgan ko‘rsatkichlari
xuddi Sputnik-B40 niki kabidir.
|