II.3. Gaz konlarida gazni yig‘ish tizimlari




Download 2,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/154
Sana28.11.2023
Hajmi2,57 Mb.
#106996
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   154
Bog'liq
N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov,

II.3. Gaz konlarida gazni yig‘ish tizimlari 
Yer bag’ridan qazib olingan tabiiy gaz va neft bilan birgalikda qazib olingan 
yo’ldosh gazlarning tarkibida turli miqdorda suv bug’i, suyuq holatdagi suv, is gazi 
CO
2
, oltingugurtsuvchil H
2
S, azot N
2
va geliy He kabi moddalar uchraydi.
Geliy xalq xo’jaligi uchun kerakli gazlardan sanaladi. Tabiiy va yo’ldosh 
gazlar tarkibidagi oltingugurtsuvchil, is gazi va suv bug’lari zararli qo’shimchalardan 
sanaladi. Gazni yig’ish va tayyorlashda, uning tarkibidagi is gazi va 
oltingugurtsuvchil quvur va barcha separatorlarning korroziyalanishiga olib keladi. 
Gaz tarkibidagi suv bug’lari va tomchi ko’rinishidagi suvlar uni tashish va 
tayyorlash jarayonida murakkabliklar tug’diradi. Gazgidratlar hosil qilib tashish va 
tayyorlash jarayonida mushkilotlar tug’diradi. 
Shuning uchun tabiiy va yo`ldosh gazlardan zararli qo’shimchalarni ajratish 
ko’zda tutiladi. 
Gaz konlarini ishlatish amaliyotida gazni yig‘ishning quyidagi asosiy tizimlari 
qo‘llaniladi: chiziqli; nurli; xalqali
Chiziqli yig‘ish tizimida asosiy gazni yig‘ish kollektorlari, ya’ni quduqdan 
gazni yig‘ish punktigacha bo‘lgan yo‘lni tashkil etuvchi quvurlar to‘g‘ri chiziq 


20 
shaklida bo‘ladi.Bu tizim kon kichik va quduqlar soni oz bo‘lganda qo‘llaniladi
(II.4, a-rasm). 
Nursimon shaklda birlashgan bo‘lsa, bunday yig‘ish tizimi nurli gaz yig‘ish 
tizimi deb ataladi (II.4, b-rasm). Bu tizim bir muncha murakkab, biroq to‘g‘ri chiziqli 
tizimdan ko‘ra afzalliklarga ega.Nurli gaz yig‘ish tizimi boshlang‘ich qatlam bosimi 
va gaz tarkibi har xil bo‘lgan bir necha qatlamlarni alohida ishlatish imkonini beradi. 
Xalqali yig‘ish tizimida gaz yig‘ish kollektorlari xalqali ko‘rinishda bo‘lib, bu 
tizimning afzalligi shundaki, qaysidir uchastkada avariya yuz bersa, butun bir tizimni 
to‘xtatmasdan o‘sha yerni ta’mirlash mumkin (II.4, c-rasm). 

Download 2,57 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   154




Download 2,57 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II.3. Gaz konlarida gazni yig‘ish tizimlari

Download 2,57 Mb.
Pdf ko'rish