129
VIII.9. Gazlar tarkibidan nordon gazlarni seolit
yordamida tozalash
Adsorbtsiya deganda – biz gazlar tarkibidan bir yoki bir necha qo`shimcha
komponentlarni qattiq yutuvchi ya‘ni, adsorbentlar yordamida tozalash jarayonini
tushinamiz. Yutuvchi modda adsorbent yutiluvchi moddani adsorbat yoki adsorbtiv
deb ataymiz. Adsorbtsiya jarayonini mexanizmi absorbtsiya mexanizmidan farqli
ularoq, undan suyuq yutuvchi yordamida emas, balki qattiq yutuvchilar yordamida
amalga oshiriladi. Bu usullarning o`zini qo`llash me‘yorlari mavjud bo`lib,
qo`llangan yuqori texnik, iqtisodiy samara berishi hisobga olinadi. Adsorbtsiya usuli
asosan yutiluvchi suyuqliklar kontsentratsiyasi yuqori bo`lmagan holda qo`llaniladi.
Agar yutiluvchi suyuqlik kontsentratsiyasi yuqori bo`lsa, absorbtsiya usulidan
foydalanish yaxshi samara beradi. Adsorbtsiyaning fizik va kimyoviy turlari mavjud
bo`lib, fizik adsorbtsiya jarayonida adsorbent va adsorbat molekulalari Van–Der–
Vaals kuchi ta‘sirida o`zaro tortishish kuchi ta‘sirida amalga oshadi.