• Vertikal silindr rezervuarlar.
  • N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov, R. S. Bekjonov, A. I. Abdirazаkov, M. X. Ashurov




    Download 2,57 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet85/154
    Sana28.11.2023
    Hajmi2,57 Mb.
    #106996
    1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   154
    Bog'liq
    N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov,

    IX.7–rasm. Rubin–2 qurilmasi

     
    Tovar neftning oqimi filtrdan (9), zichlik o‘lchagichdan (10) o‘tib turbinali sarf 
    o‘lchagichga (11) boradi. Turbinali sarf o‘lchagichning (11) ishida turbinacha aylanib 
    turadi va uning aylanishi elektr impulsga aylanib tovar neftini hajm miqdorini 
    hisobga oluvchi qurilma – joydagi avtomatika bo‘lmasiga (JAB) ga uzatiladi. So‘ngra 
    tovar neftining hajm kattaliklari avtomatik ravishda haroratning o‘zgartmalarini 
    hisobga olgan holda zichlik o‘lchagichning ko‘rsatkichlariga ko‘paytiriladi. Blokning 
    ustki qismida sarf o‘lchagichga (11) ko‘paytirishdan hosil bo‘lgan kattalik yoziladi. 


    144 
    Rubin – 2 ning asosiy ko‘rsatkichlari: 
    Maksimal o‘tkazuvchanlik qobiliyati, t/kun 10000 
    Ishchi bosim, MPa 2,45 
    Tarkibidagi suv, % 10 
    Neft harorati, 
    0
    C +5 dan + 60 gacha 
    Neftning qovushqoqligi,
    0
    Ct 100 
    Tovar neftini o‘lchashdagi yo‘l qo‘yilishi mumkin 
    bo‘lgan nisbiy xatolik, % 0,5 
    Vertikal silindr rezervuarlar. 
    Kon xududida joylashtirilgan neft saqlagichlar har xil sig‘imli idishlar bo‘lib, 
    ular neftni yig‘ish, qisqa vaqt saqlash, xom va tovar neftni hisobini olish uchun 
    xizmat qiladilar. Bir joyda joylashgan saqlagichlar guruhi – saqlagichlar parki deb 
    yuritiladi. Kon maydonida joylashgan bunday saqlagichlar guruhi yig‘uv punkti deb 
    ataladi. Suvsizlantirish va tuzsizlantirish qurilmalaridan o‘tgan neftni saqlash uchun 
    xizmat qiladigan saqlagich parklari tovar parklari deb ham yuritiladi. 
    Neft saqlagichlarning konning o‘zida joyida quriladi. Ular metalldan yoki temir 
    betondan qurilib, yerning ustki qismida, yerning ostki qismida, hamda yarmi yerning 
    ostki va yarmi yerning ustki qismida joylashishi mumkin. Keyingi ikkitasi faqat temir 
    betondan quriladi. 
    Saqlagichlar bo‘yi va hajmiga qarab qalinligi 4–10 mm li po‘latdan yasaladi. 
    Saqlagichlarning tubi 5 mm qalinlikdagi po‘latdan ishlanadi. Saqlagichlarning sig‘imi 
    100–10000 m
    3
    gacha bo‘ladi. Saqlagichlarning «tomi» qalinligi 2,5 mm li po‘latdan 
    ishlanadi. 

    Download 2,57 Mb.
    1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   154




    Download 2,57 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov, R. S. Bekjonov, A. I. Abdirazаkov, M. X. Ashurov

    Download 2,57 Mb.
    Pdf ko'rish