147
kondensatsiyalanishi natijasida saqlagichda vakuum hosil bo‘ladi. Bu vakuum
hisoblangan meyordan oshgandan so‘ng saqlagichga tashqaridan havo kira boshlaydi.
Saqlagichlarni bo‘shatish va to‘ldirish vaqtida havoni saqlagichga kirdirib,
bug‘lar aralashmasini yuzaga chiqarish – katta «nafas olish» deyiladi.
Saqlagichlardagi
neftning
bug‘lanishi
natijasida
uglevodorodlarning
yo‘qolishini oldini olishning 3 xil usuli mavjud:
1. Neftning bug‘lanishini oldini oluvchi usullar;
2. Bug‘lanishni kamaytiruvchi usullar;
3. Neftning bug‘lanishidan hosil bo‘lgan mahsulotni yig‘ishga asoslangan
usullar.
Neft fraksiyalarining bug‘lanishini oldini olish maqsadida suzuvchi qopqoqlar
(pantonlar)dan foydalaniladi. Ular gaz bo‘shligi hosil bo‘lishini oldini oladi.
Neftni bug‘lanishini oldini oluvchi usullarning 2–chi guruhiga saqlagichlarni
quyosh nurlaridan himoya qilish kiradi. Buning uchun saqlagichlar nur qaytaruvchi
bo‘yoqlar bilan bo‘yaladi. Bunday bo‘yoqlarga oq va alyumin bo‘yoqlar kiradi.
Saqlagichlarda neftni yo‘qolishini kamaytiruvchi usullarning 3-guruhi
saqlagichlarda gaztenglashtiruvchi tizimlarni qo‘llashga asoslangan. Bu tizimlarning
ish prinsipi quyidagicha: saqlagichlardagi gaz bo‘shliqlar o‘zaro gaz uzatkichlar
tizimi bilan bog‘liq bo‘ladi.