• X.2. Suvni qatlamga haydashga yaroqliligini aniqlash
  • Neft konlaridagi oqova suvlarga ko‘rsatiladigan talablar




    Download 2,57 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet89/154
    Sana28.11.2023
    Hajmi2,57 Mb.
    #106996
    1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   154
    Bog'liq
    N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov,

    Neft konlaridagi oqova suvlarga ko‘rsatiladigan talablar. 
    Oqova suvlar deb, qatlam suvlari, chuchuk suvlar va atmosfera suvlarining 
    aralashmasiga aytiladi. Chuchuk suvlar neftni tuzsizlantirish, deemulgatorlarni 
    tayyorlash, kompressorlarni sovutish va boshqalarga xizmat qiladi. 
    Oqova suvlarni 82 - 84% qatlam suvlari, 15% chuchuk suvlar, 1,5 - 3% 
    atmosfera suvlari tashkil qiladi. 
    Konni ishlatish jarayonida juda ko‘p miqdorda qatlam suvi yer yuzasiga olib 
    chiqiladi. 
    Mahsuldor qatlamlarni qatlamdan olingan suvlar bilan bostirish juda muhim 
    masalalardan biridir. Qatlamdan olingan suvlarni qayta haydash quyidagi 
    muammolarni hal qilishga yordam beradi: 
    1. Chuchuk suv sarfini kamaytiradi; 
    2. Suv havzalarini ifloslanishini, havzalardagi baliqlarni o‘lishini oldini oladi; 
    3. Mahsuldor qatlamlarni o‘tkazuvchanligini saqlab qoladi, chunki gil va 
    alevrolitlar tuzli suv ta’sirida shishmaydi; 
    4. Qatlamning neft beraolishlik koeffitsiyenti ko‘tariladi. Bunga sabab 
    deemulgatorli suvlar yaxshi yuvish qobiliyatga ega. 
    Oqova suvlardan foydalanishda bir qator qiyinchiliklar ham vujudga keladi. 
    Bular: 
     tozalash qurilmalarining murakkab va qimmatliligi; 
     suv bostirish tizimidagi suvo‘tkazgichlar va qurilmalarning karroziyasi va 
    boshqalar. 
    Hozirgi vaqtda bu masalalar konlarda o‘z yechimini topayapti. 


    152 
    Masalan, suv o‘tkazgichlarning ishi va qurilmalar maxsus lak – bo‘yoqlar bilan 
    qoplanib, karroziyadan himoya qilinmoqda. 6 - 8 oy xizmat qilgan o‘tkazgishlar 3 - 4 
    yil davomida ishlatilyapti. 
    X.2. Suvni qatlamga haydashga yaroqliligini aniqlash 
    Suvlarni qatlamga haydashga yaroqliligi laboratoriya sharoitida, tabiiy kernlar 
    orqali filtratsiya qilish yo‘li bilan aniqlanadi. Bunda tabiiy kerning o‘tkazuvchanligi 
    o‘zgarmasa, suv qatlamga haydash uchun yaroqli deb hisoblanadi. Lekin bu usul har 
    doim ham samara bermaydi, Shunki bitta kern misolida mahsuldor qatlamning butun 
    qalinligiga baho berib bo‘lmaydi. Shuning uchun qatlamga haydalayotgan suvning 
    sifati to‘g‘risida ma’lumot olish uchun chuqurlik sarf o‘lchagichidan foydalanib sinov 
    haydashlar 
    o‘tkazish 
    lozim. 
    Chuqurlik 
    sarf 
    o‘lchagichlari 
    mahsuldor 
    qatlamshalarning yutuvchanlik qobiliyatini qayd qilib boradi. 
    Shunday savol tug‘ilishi mumkin – mahsuldor qatlamga chuchuk suvlarni 
    haydash ko‘proq samara beradimi yoki oqova suvlarnimi? 
    Qatlamga suv haydashning katta tajribasidan kelib chiqqan holda, bu savolga 
    javob berish qiyin emas: oqova suvlarni qatlamga haydash chuchuk suvlarni 
    qatlamga haydashga nisbatan katta samara beradi. Oqova suvlar asosan qatlam 
    suvlaridan tashkil topgan bo‘lib, ularning tarkibidagi deemulgator suv bilan 
    birgalikda qatlamga singib, neftni tog‘ jinslaridan jadallik bilan yuvib olishga yordam 
    beradi. Bundan tashqari oqova suvlarning kimyoviy tarkibi qatlam suvlarining 
    kimyoviy tarkibiga yaqin, Shuning uchun ham ular o‘zaro ta’sirlashganda kelib 
    chiqishiga ko‘ra kimyoviy bo‘lgan cho‘kmalar hosil qilmaydi va haydovchi 
    quduqlarning qabul qilaolishlik qobiliyatini pasaytirmaydi. 

    Download 2,57 Mb.
    1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   154




    Download 2,57 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Neft konlaridagi oqova suvlarga ko‘rsatiladigan talablar

    Download 2,57 Mb.
    Pdf ko'rish