• X.1–rasm. Oqova suvlarni tozalash qurilmasining ochiq sxemasi.
  • X.3. Oqova suvlarni tayyorlash qurilmalari




    Download 2,57 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet90/154
    Sana28.11.2023
    Hajmi2,57 Mb.
    #106996
    1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   154
    Bog'liq
    N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov,

     
    X.3. Oqova suvlarni tayyorlash qurilmalari 
    Oqova suvlar tindirgichdan suv bilan chiqadigan neft tomchilaridan va 
    mexanik aralashmalardan (qum, temir oksidi va boshqalar) tozalanadi. X.1–rasmda 
    oqova suvlarni tozalash qurilmasining ochiq sxemasi ko‘rsatilgan. 


    153 
    X.1–rasm. Oqova suvlarni tozalash qurilmasining ochiq sxemasi. 
    Uning ishlash tartibi quyidagicha: tindirgich va deemulgator ajratgichlarida 
    neftdan ajratilgan suv avtomatik ravishda neft qopqoniga (1) tushadi. So‘ng tindirgich 
    «ko‘l»larga (3) oqib boradi. Tindirgich «ko‘l»lardagi suv nasoslar (4) yordamida 
    qumli filtrlardan (5) o‘tib tozalangan suv sig‘imlariga (6) o‘tadi. Bu sig‘imlardan 
    oqova suvlar nasos qabuliga (7) boradi va ko‘pqatorli nasos stansiyalariga (KNS) 
    uzatiladi. Bu yerda oqova suvlarni qatlamga haydash uchun katta bosimlar (14,7-
    19,62 MPa) hosil qilinadi. 
    Neft qopqonlaridan diametri 80 mkm dan katta bo‘lgan neft tomchilari yig‘ilib, 
    nasos (2) yordamida yana qaytadan tindirgich va deyemulsator – tindirgichlarga 
    uzatiladi. 
    Suv tezligining tez pasayishi natijasida tindirgich - «ko‘l»larda (3) neftning 30-
    40 mkm li tomchilari yig‘iladi va mexanik aralashmalar cho‘kadi. Oqova suvlarni 
    tozalashning oxirgi bosqichi qum filtrlardir (5). Qum filtrlarida ma’lum vaqt 
    oralig‘ida cho‘kib qolgan mikrozarrachalarni yuvib turish kerak. Buning uchun 
    tozalangan suv sig‘imi (6) dagi suv nasos (8) yordamida qum filtrlariga uzatiladi. 
    Filtrli tozalanishda hosil bo‘lgan iflos suv omborlarga (9) tushadi. 
    Bu ko‘rib chiqilgan qurilmaning kamchiliklari quyidagilar: 
    1. Neft qopqonlari va «ko‘l» - tindirgichlar temir-betondan quriladi, bu esa 
    katta harajatlar talab qiladi; 
    2. Bunday qurilma katta maydonda qurilishi lozim; 


    154 
    3. Neft konini ishlash davri mobaynida neftni suvlanishi oshishi bilan bir 
    qatorda bu qurilmaning mahsuldorligi ham ochib borishi zarur; 
    4. Bu qurilmadagi oqova suvlar havodagi kislorodi bilan ta’sirlashib turadi. 
    Natijada bu kislorodi oqova suvlarda erib, suv uzatkichlar va nasoslarning 
    karroziyasiga sabab bo‘ladi. 
    Hozirgi vaqtda oqova suvlarni tozalashning yopiq usuli qo‘llanilmoqda, bunda 
    suv havo bilan ta’sirlashmaydi. Mana shunday qurilmalarning biri X.2– rasmda 
    ko‘rsatilgan. 

    Download 2,57 Mb.
    1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   154




    Download 2,57 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    X.3. Oqova suvlarni tayyorlash qurilmalari

    Download 2,57 Mb.
    Pdf ko'rish