148
Po‘lat saqlagichlarni korroziyadan himoya qilish.
Po‘lat saqlagichlar ichki va tashqi korroziyaga uchraydi. Tashqi korroziyada
atmosferaning agressiv omillari va tuproq omillari asosiy rol o‘ynaydi. Tuproq
omillari saqlagichlarning tubini ishdan chiqaradi. Atmosfera omillari esa uning
devorlari va tomiga ta’sir qiladi.
Atmosfera omillari bilan kurash, saqlagichlarni turli suv o‘tkazmaydigan lak va
bo‘yoqlar(oq va metal) bilan bo‘yash orqali olib boriladi. Saqlagichlarning tuproqda
joylashgan qismining karroziyasi bilan quyidagisha kurashiladi: saqlagichlarning
tuproq ichida yotishi kerak bo‘lgan tagi bitumlanadi.
Ichki karroziya neftlar tarkibida bo‘ladigan oltingugurtli birikmalar va nam
havo ta’sirida sodir bo‘ladi. Bunday hollarda birinchi bo‘lib, saqlagichlarning tomi
ishdan chiqadi, chunki gaz – havo aralashmasi tomning tagida joylashadi va u bilan
ta’sirlanadi. Bu holatni kengroq ko‘rib chiqsak, saqlagichlarning katta «nafas
olishida» gaz bo‘shlig‘iga atmosferaning nam havosi kiradi. Kechasi saqlagichning
sovuq devorida suv bug‘larining kondensatsiyasi sodir bo‘ladi va tomchilar hosil
qiladi. Bu tomchilarda neftdan ajralgan oltingugurt eriydi va quyidagi reaksiyalar
sodir bo‘ladi:
2Fe+2H
2
S+O
2
FeS+2H
2
O
4Fe+12H
2
S+3O
2
4Fe
2
S
3
+12H
2
O
H
2