168
Nazorat-o‘lchov asboblari (yangi sotib olinadigan, ta’mirdan chiqarilgan va
foydalanilayotganlari) o‘rnatilgan muddatlarda davlat tekshiruvidan o‘tkaziladi.
Davlat tekshiruvi davri oralig‘idagi NO‘A mexaniki asboblarni tashqi tomondan
majburiy nazoratini quyidagi muddatlarda ishlatishni nazorat –sinovini olib boradi:
ishlatilayotgan manometrlarni, termometrlarni va boshqa asboblarni-bir oyda 1
martadan kam emas; shitli (texnik) elektr o‘lchov asboblarini-3 oyda 1 martadan kam
emas.
Siqilgan havoni uzatish va tayyorlash tizimi.
Havo uzatmalarini iste’moli, NO‘A qurilmalari va avtomatikalar uchun
mo‘ljallangan. U kompressorning tarkibiy qismi hisoblanadi. Havoni tozalash maxsus
filtrlarda amalga oshiriladi, quritish esa-avtomatik qurilmada (UOVB-5). Blok-
boksdan tashqaridan kompressor yordamida olinadigan havo quritishdan oldin
issiqlik almashgichlarda
+ 30°C gacha sovitiladi. Havoni sovitish uchun
0,2-0,5
m
3
/soat hajmidagi suv
0÷25 °C da haroratda beriladi. Issiqlik almashgichdagi suvning
bosimi
0,5÷0,6 MPa.dan oshib ketmaydi. NO‘A larini va avtomatika tizimi ishdan
chiqmasligi va buzilmasligi uchun havo doimiy ravishda tozalanadi va quritiladi.