165
mumkin, yo‘naltiruvchi quvur yopiqligida ham ishga tushirib yuborish mumkin,
nasos o‘qini to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektroyuritkich o‘qiga ulash mumkin, ya’ni
qo‘shimsha uzatkichlarni hojati yo‘q. Yo‘naltirilayotgan suyuqlik miqdorini sekin-
asta o‘zgartirib borish mumkinligi, gabaritlari uncha katta bo‘lmaganligi hamda
suyuqlik tarkibida mexanik moddalar bo‘lsa ham haydash mumkinligi markazdan
qochma nasoslarni keng qo‘llanilishiga sabab bo‘lmoqda.
Magistral neft quvurlaridagi nasos stansiyalari juda katta murakkab inshoot
bo‘lganligi tufayli bunday stansiyalarni boshqarish va xizmat ko‘rsatish uchun
qo‘shimcha ustaxona, omborxona, suv va kanalizasiya ta’minoti tizimlari ham
qurilishi kerak bo‘ladi.
Asosiy inshootlardan hisoblangan omborxona odatda bir nesha (4-6 ta)
5000-
10000 м
3
li saqlagichlardan iborat bo‘ladi. Shuningdek, nasos stansiyalar yong‘indan
saqlanish uchun maxsus ochiq hovuzlar va boshqa kerakli asbob-uskunalar bilan
ta’minlangan bo‘lishi kerak.