172
va maxsus konteynerlarda tashish mumkin. Temir yo`l transportidan foydalanish –
ishlab chiqarilayotgan neft mahsulotlarining tovar aynalishi juda katta (unikal)
miqdorda bo`lgan hollarda, foydalanishning iqtisodiy samaradorligi jihatidan
qaraganda transport qilish maqsadga muvofiq bo`lmaydi.
Kichik hajmga ega bo`lgan neft mahsulotlarini (moylar, bitum va boshqalar)
tashishda temir yo’l transporti, tashishning boshqa usullariga nisbatan eng qulayi
hisoblanadi. Temir yo`l transporti uzluksiz bo`lmasa ham, suv transportidagi
kuzatilgan tashish mavsumiyligi, temir yo`l transportida kuzatilmaydi. Shuning
uchun temir yo`l transportining davriyligi kamroqdir.
Temir yo`l transporti orqali neft-gaz mahsulotlarini tashish yilning hamma
mavsumida amalga oshirilishi mumkin.
Quvur uzatgichlar orqali transport qilish katta miqdordagi neft, neft
mahsulotlari va suyultirilgan gazlarini bir tomonlama tashish uchun xizmat qiladi.
Quvur uzatgichlarning boshqa usullardan afzallik tomonlari quyidagilardan iborat:
- quvur uzatgichlar trassasining uzunligi boshqa tashish usullarinikiga
qaraganda kamroq, bundan tashqari quvurlar quruqlikdagi istalgan ikkita punkt
(nuqta) orasida, ular orasidagi masofaning uzunligidan qat’iy nazar yotqizilishi
mumkin;
- quvur uzatgichlarning boshqa tashish usullardan farqi uning uzluksizligidadir,
bu esa o`z o`rnida mahsulot yetkazib beruvchilarning ish samaradorligini oshiradi va
uni iste’molchiga yetkazib berish to`xtovsiz amalga oshiriladi;