- tashishning boshlang`ich va oxirgi nuqtalarda mahsulotlarni to`plash uchun  katta hajmdagi sig`imli idishlarga bo’lgan ehtiyoj yo`qoladi;  -




Download 2,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/154
Sana28.11.2023
Hajmi2,57 Mb.
#106996
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   154
Bog'liq
N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov,

- tashishning boshlang`ich va oxirgi nuqtalarda mahsulotlarni to`plash uchun 
katta hajmdagi sig`imli idishlarga bo’lgan ehtiyoj yo`qoladi; 
- neft va neft mahsulotlarining yo`qotilishi (bekorchi sarfi) quvur 
uzatgichlarda, boshqa usullarga nisbatan kam; 

quvur 
uzatgichlar 
ko`proq 
mexanizatsiyalangan 
bo`lib 
ularni 
avtomatlashtirishni va uzoqdan turib boshqarishni tezroq amalga oshirish kerak. 
Quvur uzatgichlarning kamchiligi – ularga metall sarfining ko`p miqdorda 
bo`lishi va uzatish trassasining qattiqligi, ya’ni quvur yotqizilgandan so`ng uning 
yo`nalishini o`zgartirish mumkin emas. 


173 
Bu asosiy tashish usullaridan tashqari neft va neft mahsulotlarini tashishda 
avtomobillardan foydalanish ham muhim rol o’ynaydi. Neft mahsulotlari avtosisterna 
yoki mayda idishlarda tashiladi. Avtamobillar asosan neft mahsulotlarini katta neft 
omborlaridan kichiklariga yoki uni iste’molchilarga yetkazib berish uchun ishlatiladi. 
 
XII.2. Temir yo`l transportida neft va uning mahsulotlarini tashish va 
temir yo`l estakadasi 
Boshqa transport vositalari ichida neft va uning mahsulotlarini tashishda, temir 
yo`l transporti asosiy o`rinni egallaydi. Bu transport orqali umumiy tashiladigan neft 
va uning mahsulotlarining 40% tashiladi. Asosan bu mahsulotlar vagon – 
sisternalarda, taxminan 2% esa bochkalarda, bidonlarda va konteynerlarda tashiladi. 
Vagon sisternalarining yuk ko`taruvchanlik qobiliyati 25, 50, 60, 90 va 120 t/m
3
bo`lib, ular ichida ko`p ishlatiladigan 50 va 60 m
3
sisternalar hisoblanadi (
XII.1-rasm
). 
Bu vagonlar universal to`kuvchi asbob, saqlovchi prujinali klapan, lyuk va narvon 
bilan jihozlangan. Saqlovchi klapan sisternaning yuqori qismida bo`lib, sisterna 
ichidagi bosimni kerakli ko`rsatgichda moslab turadi. Lyuk (murkan) ham yo’qori 
qismida joylashgan bo`lib, u orqali ta‘mirlash ishlarini, tozalash hamda mahsulotlarni 
qo`yish va qizdirish jarayonlari amalga oshiriladi. Universal to`kuvchi asbob 
(d=200mm) pastki qismida o`rnatilgan bo`lib, u orqali mahsulot to`kiladi (oqizib 
olinadi).
Sisternalarning tashqi yuzasida qizdirish, bug` ko’ylagi yordamida amalga 
oshiriladi. Isituvchi ko’ylak sisternaning pastki qismiga (yarmiga) o`rnatilgan bo`lib, 
unga suv bug`i kiritilib qizdiriladi. 
O`rnatilgan to`kuvchi asboblar turli xil bo`lib, qizdiruvchi moslamalar bilan 
jihozlangan. Masalan: UTQA – universal to`kuvchi quyuvchi asbob – qizdirmasdan 
to`kib, qo`yishga mo`ljallangan. Yuqori qovushqoq va yuqori haroratda qotuvchi 
neft va uning mahsulotlarini tashuvchi vagon sisternalar tashqi isituvchi ko’ylak yoki 
ichki isituvchi moslamalar bilan jihozlangan bo`ladilar. Yuqori qovushqoqli neft va 
uning mahsulotlarini sisterna ichida qizdirish, o`rnatilgan quvur sektsiyalari orqali 
suv bug`ini o`tkazish orqali amalga oshiriladi. Sisternalarning tashqi yuzasida 


174 
qizdirish, bug` ko’ylagi yordamida amalga oshiriladi. Isituvchi ko’ylak sisternaning 
pastki qismiga (yarmiga) o`rnatilgan bo`lib, unga suv bug`i kiritilib qizdiriladi (XII.2-
rasm). Issiqlikni isrof bo`lmasligi uchun sisternaning tashqi yuzasi issiqlik izolyatsiya 
qoplamasi bilan o`ralgan bo`lib, uning usti va esa metall qavati bilan o`ralgan bo`ladi. 
Bunday sisternalarni maxsus «Termos» sisternalari deb ataladi. BUTQA – bug` bilan; 
EUTQA – elektr energiya bilan qizdiriladi. 

Download 2,57 Mb.
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   154




Download 2,57 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



- tashishning boshlang`ich va oxirgi nuqtalarda mahsulotlarni to`plash uchun  katta hajmdagi sig`imli idishlarga bo’lgan ehtiyoj yo`qoladi;  -

Download 2,57 Mb.
Pdf ko'rish