XII.9-rasm. Suyultirilgan gazlarni quvur orqali tashishning umumiy chizmasi




Download 2,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/154
Sana28.11.2023
Hajmi2,57 Mb.
#106996
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   154
Bog'liq
N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov,

XII.9-rasm. Suyultirilgan gazlarni quvur orqali tashishning umumiy chizmasi: 
1–gaz saqlovchi rezervuarlari; 2–nasos stansiyasi; 3–o‘lchash punkti; 
4–oraliq nasos stansiyasi; 5–quvur; 6–oxirgi punktdagi gaz saqlovchi rezervuarlar; 
 7–haydovchi nasos stansiyasi; 8–taqsimlash punkti

 
Suyultirilgan gaz saqlovchi rezervuarlardan (1) nasos (2) orqali o`lchash 
punktiga beriladi (3). U yerda sarflanayotgan gaz hajmi aniqlanib, keyin nasos 
yordamida (4) xaqiqiy quvur ichiga haydaladi (5). Quvurning oxirgi punktidagi 
gazning bosimi 0.6 – 0.8 MPa da bo`lishligi ta‘minlanadi. Suyuq gaz quvur (5) orqali 
oxirgi punktdagi gaz saqlovchi rezervuarga (6) keladi. U yerdan suyultirilgan gaz 
nasos stantsiyasida (7) o`rnatilgan nasoslar yordamida, iste‘molchilarga tarqatiladi.
Suyultirilgan gaz tashuvchi magistral quvurlar, aholi yashash joylaridan 
tashqarida va yer ostidan o`tkazilgan bo`lishi kerak. 
Quvurlar orqali suyultirilgan gazlarni tashish samarador hisoblanib, temir yo`l 
orqali tashishga nisbatan ikki marta kam harajat sarflanadi. 
 
XII.7. Suyultirilgan gazlarni avtomobil transportida tashish 
Suyultirilgan gazlarni avtomobil transportida tashish, avtosisternalarda, 
ballonlarda va «sirpanuvchi» rezervuarlarda amalga oshiriladi. Avtosisternalar 


184 
ishlatilish maqsadiga ko`ra: tashuvchi va taqsimlovchilarga bo`linadi. Tashuvchi 
avtosisternalar suyultirilgan gazlarni, gaz beruvchi zavoddan oraliq bazalari va gaz 
to`ldiruvchi stantsiyalarga tashish uchun foydalaniladi. Tarqatuvchi avtosisternalar, 
suyultirilgan gazlarni iste‘molchilar ballonlariga quyish uchun mo`ljallangan. U 
tegishli nasos va boshqa moslamalar bilan jihozlangan. Sisternalar, silindr 
ko`rinishidagi idish bo`lib, avtomobil shosseyiga o`rnatilgan. Sisternaning turlariga 
ko`ra, hajmlar 4 – 15 m
3
gacha bo`ladi. Suyultirilgan gazlarni ballonlarda tashish 
oddiy bort mashinalarida va maxsus kassetali avtomashinalarda tashiladi. Bu 
mashinalar orqali, birdaniga 55 tadan 77 tagacha bo`lgan ballonda gaz tashish 
mumkin. Ballonlar andozalar (GOST) bo`yicha tayyorlanib, ular 1,6 MPa gacha 
bo`lgan bosimda ishlashlari mumkin. Standart bo`yicha ballonlar hajmi 2,6, 5, 12, 27, 
50 va 80 l bo`ladi. «Sirpanuvchi» (olib quyiladigan) rezervuarlarda suyultirilgan 
gazlarni tashish, oraliq va gaz to`ldiruvchi stantsiyalardan uzoq joylashgan 
iste‘molchilar uchun foydalaniladi. Bunday rezervuarlarning hajmi 0.5 – 3.5 m
3
bo`ladi. Bularning ichida ko`proq ishlatiladigan rezervuarlar RS–1600 (hajmi 1600 l) 
bo`lib, 1,8 MPa bosim ostida ishlashga mo`ljallangan. «Sirpanuvchi» rezervuarlarda 
suyultirilgan gazlarni tashish, ballonlarda tashishga qaraganda 20 – 25 foiz arzonga 
tushadi. 

Download 2,57 Mb.
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   154




Download 2,57 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



XII.9-rasm. Suyultirilgan gazlarni quvur orqali tashishning umumiy chizmasi

Download 2,57 Mb.
Pdf ko'rish