181
uralgan, past bosimli rezervuarlar o`rnatilgan tankerlarga bo`linadilar. Keyingi
holatda suyultirilgan gaz atmosfera bosimiga yaqin bo`lgan bosimda va past
haroratda tashiladi. Masalan: propan – 45
0
С da, etilen – 103
o
С da, suyultirilgan tabiiy
gaz 162
o
С da tashiladi bosim ostidagi yarim izotermik holatda bo`lgan gazlar, hajmi
2000 m
3
gacha bo`lgan tankerlarda tashiladi. Bu holda gazlarni tik silindr, yotiq va
sferik ko`rinishdagi rezervuarlarga solib tashiladi. Tik o`rnatilgan silindr
ko`rinishidagi rezervuarlarda tashiladigan suyultirilgan gazlarning bosimi 1,6 MPa
gacha bo`ladi. Gorizontal va sferik ko`rinishidagi rezervuarlarda yarim izotermik
holatda tashiladi. Mahsulotlarni ortish va tushirish uchun tankerlar markazga qochma
nasoslar, kompressorlar va boshqa jihozlar bilan ta‘minlangan bo`lib, ular sovutish
sistemasi bilan bog`langan bo`ladilar. Izotermik tankerlarning hajmi 10·10
3
m
3
gacha
bo`ladi. Daryo orqali suyultirilgan gazlar, o`zi yuradigan hamda ortib yuriladigan
barjalarda tashiladi. Ularning yuk ko`taruvchanlik qobiliyatlari, tagishlicha, 60, 100,
200 va 300 t bo`ladi. Tashishda hajmi 27 litrli idishlarda yoki quyib olinadigan
rezervuarlardan (RS – 1600, ya‘ni hajmi 1600 l) foydalaniladi.
XII.5. Neft quvurlari orqali tashish
Neft quvurlari orqali neftni uzatish eng keng tarqalgan usul bo‘lib, boshqa
hamma usullardan eng arzonligi, uzluksizligi bilan ajralib turadi (XII.8-rasm).
Bu usul bilan katta hajmdagi neft va neft mahsulotlarini (benzin, kerosin, dizel
yoqilqisi va h.k.) yil davomida hesh qanday qiyinchiliklarsiz uyushtirish mumkin. Bu
usul bilan neft tashilganda asosiy xarajatlar neftni haydovchi nasos stansiyalari
faoliyatiga va neft quvurini texnik holatini tekshirib turishga sarf bo‘ladi.