• XII.6. Suyultirilgan gazlarni quvurlar orqali tashish
  • N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov, R. S. Bekjonov, A. I. Abdirazаkov, M. X. Ashurov




    Download 2,57 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet107/154
    Sana28.11.2023
    Hajmi2,57 Mb.
    #106996
    1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   154
    Bog'liq
    N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov,

     
     
     
     
     
     
     
    XII.8-rasm. Quvur orqali tashish. 


    182 
    Barcha usullardan quvur orqali tashishni afzalliklari quyidagilardan ko‘rinib 
    turibdi: 
    1. Katta hajmdagi neft va neft mahsulotlarini uzluksiz holda yetkazib beriladi. 
    2. Bir quvurdan neft va uning mahsulotlarini yetkazib berish imkoniyati bor. 
    3. Quvurlarni har qanday geografik sharoitda va xohlagan masofaga qurish 
    mumkin. 
    4. Bu usul bilan neft tashilganda texnologik yo‘qotishlar eng kam miqdorni 
    tashkil qiladi. 
    5. Bu usul eng ishonchli, ishlatish uchun qulay va sodda, avtomatlashtirishga 
    moyil bo‘lganligi bilan ajralib turadi. 
    Gazni uzatish faqat quvurlar orqali tashkil qilinadi. Shuni aytib o‘tish kerakki, 
    oxirgi paytda quvurlar orqali suyultirilgan gazni tashish ham samarali ekanligi 
    tasdiqlandi. 
    Neft quvurlar orqali uzoqqa uzatilganida ular magistral quvurlar deb yuritiladi. 
    Magistral neft quvurlari boshlang‘ich nasos stansiyasidan (odatda kondagi yoki bir 
    necha konlarning umumiy tayyor mahsulot omboridan) neftni qayta ishlash 
    zavodigacha yoki temir yo‘l neft quyish estakadasi omborigacha bo‘lgan masofada 
    quriladi. Bular orasidagi masofaga qarab neftni haydovchi bir yoki bir necha 
    stansiyalar bo‘lishi mumkin. Magistral neft (gaz) quvurlari katta diametrdagi (500-
    1200 mm) quvurlardan qurilib, boshlang‘ich nasos stansiyasidagi haydash ishchi 
    bosimi 5,0-6,5 MPa atrofida saqlanadi. 
    O‘zbekistonda Farg‘ona vodiysidagi konlardan Farg‘ona hamda Oltiariq neftni 
    qayta ishlash zavodlariga, Ko‘kdumaloq konidan Buxoro neftni kayta ishlash 
    zavodiga neft va kondensatni yetkazib berish quvurlar orqali tashkil qilingan.
    XII.6. Suyultirilgan gazlarni quvurlar orqali tashish 
    Quvurlar orqali suyultirilgan gazlar (propan, butan) bosim ostida, suyuq 
    holatda tashiladi. Tashilayotgan suyuq gazni quvuridagi bosimi shunday bo`lish 
    kerakki, bu bosimda aniq haroratda suyuq gaz bug`lanmasligi kerak. Umuman, 
    quvuridagi gaz bosimi 0,6 – 0,8 MPa da ushlanadi. Agar gaz bosimi ko`rsatilgan 


    183 
    chegaradan pasaysa, gaz bug`lanib, quvur ichidagi gaz «ko’pigi» hosil bo`ladi. Bu 
    o`z navbatida, quvurning ishlab chiqarish qobiliyatini kamaytiradi. Quvur 
    transportida suyultirilgan gazlar, asosan, gazni ko`p miqdorda ishlatadigan 
    korxonalarga (neft kimyosi korxonalariga) tashiladi. Suyultirilgan gazni tashuvchi 
    quvurlarning uzunligi 100 – 500 km atrofida bo`ladi.
    Uning umumiy chizmasi quyida keltirilgan (XII.9-rasm). 

    Download 2,57 Mb.
    1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   154




    Download 2,57 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov, R. S. Bekjonov, A. I. Abdirazаkov, M. X. Ashurov

    Download 2,57 Mb.
    Pdf ko'rish