180
va tortib yuriladigan (barjalar) ga bo`linadilar (
XII.6-
rasm). Tankerlar o`z navbatida
dengiz va daryo turlariga bo`linadilar. Dengiz tankerlarining yuk ko`taruvchanligi
(ularning turlariga ko`ra) 4000 – 50000 tonnani, ko’l – daryo tankerlarining yuk
ko`taruvchanligi 500 – 5000 tonnani va sudrab yuriladigan barjalarning yuk
ko`taruvchanligi 1000 – 120000 tonnani tashqil qiladi. Yuk ko`taruvchanlik 100·10
3
tonnadan ortiq tankerlar ham mavjud. 1975 yilda qurilgan «qirqim»
supertankerlarining yuk ko`taruvchanlik 150·10
3
t. tashqil qiladi. Uning uzunligi 330
m, kengligi 45 m va cho`kishi 17 m, yuk ko`taruvchanligi 450·10
3
t. bo`lgan ayrim
gigant – tankerlar ham bor. Uning uzunligi 380 m, kengligi 62 m va balandligi 36 m.
Tankerlar uzunligi bo`yicha 3 qismga bo`linadilar: bosh, o`rta va burun
bo`limlariga. Tankerlarni o`rta qismida neft va uning mahsulotlari tashiladi. U
tankerni bosh va burun bo`limlaridan kafedrom yordamida ajratib quyilgan.
Kafedrom ikki qavatli to`siq bo`lib, ularning o`rtasi suv bilan to`ldirilgan. Burun
qismida, asosan, quruq yuklar tashiladi. Tankerlarda yuklarni tushirish va ortish
ishlari qo’zg’almas quyuvchi quvurlarda amalga oshirladi. Neft mahsulotlarini
tushirish va haydash uchun tankerlarda ishlab chiqarishda qobiliyati soatiga 2000 m
3
mahsulotlarni tushira oladigan nasos guruhlari o`rnatilgan.