195
Ketma – ket haydash usulida quvurning foydali ishi koeffitsiyenti yuqori
bo`lib, quvur har doim ish bilan band bo`ladi. Ketma – ket haydashning asosiy
kamchiliklaridan biri quvurda aralashm hosil bo`lishidir. Quvurlarda ortiqcha
aralashmalar hosil bo`lishini kamaytirish uchun iloji boricha fizik – kimyoviy
xossalari bir – biriga yaqin bo`lgan neft yoki uning mahsulotlarini haydash maqsadga
muvofiq hisoblanadi. Bir quvur orqali tiniq neft mahsulotlarini benzin, kerosinni
ketma – ket haydash maqsadga muvofiq. Tiniq va qora neft mahsulotlarini bir quvur
orqali ketma – ket haydab bo`lmaydi (benzin va mazut). Chunki, hosil bo`lgan
aralashma sifati buzilib tayyor mahsulot hisoblanmaydi. Hozirgi paytda benzin,
kerosin va dizel yoqilg`ilarini ketma – ket haydab iste‘molchilarga yetkazish usulidan
ko`proq foydalanilmoqda.
Ketma – ket haydashda aralashma hosil bo`lishi.
Bir quvur orqali ketma – ket haydash bir mahsulotdan keyin ikkinchi
mahsulotni quvurga haydash va oldingi mahsulotni keyingi haydalayotgan mahsulot
bilan siqib harakatga keltirish orqali amalga oshiriladi. Izma – iz haydalayotgan ikki
mahsulotning ta‘sir zonasida ularning o`zaro diffuziyalanishi hamda oqim tezligining
quvur qirqimi yuzasi bo`yicha bir xil bo`lmasligi (quvur o`qida devori tomon
kamayib borishi) natijasida umumiy aralashma hosil qiladi. Aralashma qancha
miqdorda hosil bo`lishi haydalayotgan mahsulotlarning oqish rejimiga va
mahsulotning qovushqoqligiga bog`liq bo`ladi.