XIII.3-rasm. Mahsulotlarni ajratuvchilar




Download 2,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/154
Sana28.11.2023
Hajmi2,57 Mb.
#106996
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   154
Bog'liq
N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov,

XIII.3-rasm. Mahsulotlarni ajratuvchilar 
yordamida haydash chizmasi. 
1–birinchi haydalayotgan mahsulot; 2–ikkinchi 
mahsulot; 3–to‘siq (suyuq yoki qattiq). 
Ajratgichlar maxsus moslamalar yordamida haydashning boshida mahsulotlar 
o`rtasiga kiritilib, haydashning oxirida ularni quvurdan chiqarib olinadi. 
Ketma – ket haydalayotgan mahsulotlarni suyuq ajratuvchilar sifatida shu 
haydalayotgan mahsulotlar bilan aralashmaydigan va emulsiya hosil qilmaydigan 
suyuqlik yoki neft mahsulotlari ishlatiladi. Keyingi vaqtlarda ajratuvchilar sifatida 
quyuqlashuvchi polimer moddalardan foydalanilmoqda. Ular ketma – ket 
haydalayotgan mahsulotlarning o`rtasiga kiritilsa, ma‘lum vaqtda suyuqlikning 
qovushqoqligi ortib quyuqlashadi. Bu quyuqlashgan suyuqlik, ikki mahsulot o`rtasida 
quyuq – elastik porshen singari harakatlanib, aralashma hosil bo`lishini kamaytiradi. 


198 
Bulardan tashqari, suyuq ajratuvchilar sifatida xossalari ketma – ket haydalayotgan 
suyuqliklarning xossalariga yaqin bo`lgan mahsulotlar ishlatilmoqda. Masalan, 
benzin va dizel yoqilg`isini ketma – ket haydashda suyuq ajratuvchi sifatida kerosin 
ishlatiladi. 
Mexanik ajaratuvchilar (qattiq), suyuqliklarni ajratishda va aralashmani hosil 
bo`lishini kamaytirishda va aralashmani hosil bo`lishini kamaytirishda samarador 
hisoblanadi. Ular diska, porshen, shar (sferik) ko`rinishida bo`lib, diametri quvurning 
ichki diametridan 2 – 3 mm katta bo`ladi. Diska va porshen ko`rinishidagi 
ajratuvchilarni quvur devoriga tegib turadigan qismida elastik manjet bo`lib, u orqali 
ajratuvchini quvur devoriga bulgan ta‘siri oshiriladi. Ular o’z xarakati davomida 
quvur devoridagi mahsulot qoldiqlarini oqim bo`yicha siljitadi. Ketma – ket 
haydalayotgan mahsulotlarni ajratuvchilarni oraliq nasos stantsiyalari orqali o`tishi 
ikki usul yordamida amalga oshiriladi. Birinchi usulda, ular maxsus kamera 
yordamida qabul qilinib, keyin yana quvur ichiga tushiriladi. Aralashma stantsiya 
orqali o`tib bo`lguncha haydash jarayoni to`xtatiladi. Bu o`z navbatida quvurning 
ishlab chiqarish qobiliyatini kamaytiradi. Ikkinchi usulda ajratuvchilar maxsus 
moslamalar (kamera) yordamida nasoslar orqali o`tkazilmay yonidan o`tkazib 
yuboriladi. Bu usulda haydash jarayoni to`xtatiladi. 
Shar ko`rinishidagi ajratuvchilar elastik, tabiiy yoki sun‘iy kauchukdan maxsus 
rezinalardan tayyorlanadi. Ularning devorining qalinligi 25 mm 80 mm.gacha, 
diametri 100 mm.dan 1 m.gacha bo`ladi. Quvur ichiga tushurishdan oldin ularning 
ichi suv yoki boshqa suyuqliklar bilan to`ldirilib, diametrini quvurning ichki 
diametriga nisbatan 10% ga kattalashtiradi. Ajratish jarayonini ishonchli bo`lishini 
ta‘minlash maqsadida quvur ichiga birdaniga o`ntagacha shar tushuriladi. Quvurga 
tushurilgan mexanik ajratuvchilar soniga ko`ra hosil bo`ladigan aralashma hajmi 
quyidagicha aniqlanadi: 
V

кV (n–1)
 
 
 
(XIII.6)
 
bu yerda: V – ikki ajratuvchi orasidagi quvur hajmi; n – ajratuvchilar soni. 


199 
Mahsulotlarni ketma – ket haydashni nazorat qilishdan asosiy maqsad hosil 
bo`lgan aralashmani quvurning qaysi bo`limidan kelayotgan va qachon qabul qilish 
punktiga kelishini bilish hamda ularning qabul qilish choralarini tashqil qilishdan 
iborat. Nazorat usullari ko`p bo`lib, ularni aniqlash printsiplari neft mahsulotlarini va 
aralashmaning zichligini, rangini, dielektrik ko`rsatkichlarini hamda boshqa 
xossalarini bir – biridan farq qilishga asoslangan. Bu usullar ichida aralashmaning 
kontsentratsiyasini avtomatik aniqlash usuli samarador hisoblanadi. Buning uchun 
mahsulotlarni o`zaro ta‘sir zonasidagi aralashmaning kontsentratsiyasini va sifatini 
tez aniqlaydigan maxsus elektron apparatlardan foydalaniladi. Ular oqim yo`nalishi 
bo`yicha quvurning tegishli joylariga o`rnatiladi. 
Umuman hosil bo`lgan aralashma tovar neft hisoblanmaydi. Shuning uchun 
aralashmani oxirgi punktda ajratib olish asosiy jarayonlarni biri hisoblanadi. Ajratib 
olish ikki usul yordamida amalga oshiriladi. Birinchi usulda hamma aralashma bitta 
idishga qabul qilinadi. Ikkinchi usulda ketayotgan neft mahsulotining oxirgi qismi bir 
idishga, aralashmaning oxirgi qismi va uning ketidan kelayotgan mahsulotning bosh 
qismi boshqa idishga qabul qilinadi. 

Download 2,57 Mb.
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   154




Download 2,57 Mb.
Pdf ko'rish