• XIII-bob bo`yicha xulosa
  • XIV-bob. Yuqori qovushqoqli neft va neft mahsulotlarini haydash XIV.1. Sulyultiruvchilar bilan haydash
  • N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov, R. S. Bekjonov, A. I. Abdirazаkov, M. X. Ashurov




    Download 2,57 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet117/154
    Sana28.11.2023
    Hajmi2,57 Mb.
    #106996
    1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   154
    Bog'liq
    N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov,

    Nazorat savollari: 
    1. Parafin yotqizig’i bilan kurashishning kimyoviy usullari?
    2. Neftni qizdirishning asosiy holati? 
    3. To‘la issiqlik o‘tkazish koeffitsientini aniqlang?
    4. Neft mahsulotini alohida – alohida haydashusullsri?
    5. Ketma – ket haydashda aralashma hosil bo`lishini oldini olish.
    6. Turbulent va laminar oqimlar haqidagi ma’lumotlar keltirilgan. 
    XIII-bob bo`yicha xulosa 
    Bu bo’limda neftni qizdirish, parafin yotqiziqlari tarkibi, parafin yotqizig’i 
    bilan kurashishning kimyoviy usullari, neftni qizdirishni asosiy holati, to‘la issiqlik 
    o‘tkazish koeffitsientini aniqlash, neftni quvurlarda tashishda qizdirish, neft 
    mahsulotini alohida – alohida haydash, ketma – ket haydashda aralashma hosil 
    bo`lishi, turbulent va laminar oqimlar haqidagi ma’lumotlar keltirilgan. 


    200 
    XIV-bob. Yuqori qovushqoqli neft va neft mahsulotlarini haydash 
    XIV.1. Sulyultiruvchilar bilan haydash 
    Ko`p hollarda qazib olinayotgan neftning oddiy sharoitda qovushqoqligi yuqori 
    bo`lishi yoki tarkibida parafin va smolalarning miqdori ko`p bo`lishi, ularni ma‘lum 
    yuqori haroratda ham qotishiga olib keladi. Bunday neftlarni oddiy sharoitda quvurlar 
    orqali haydash qiyinchiliklar tug`diradi. Ularni haydash uchun quyidagi usullardan 
    foydalaniladi: 
    - qovushqoqligi yuqori bo`lgan neft va neft mahsulotlarini, qovushqoqligi past 
    neft va uning mahsulotlari bilan aralashtirilib birgalikda haydash; 
    - suv bilan aralashtirilib haydash (gidrotransport); 
    - yuqori haroratda qotuvchan parafinli neft va uning mahsulotlarini issiqlik 
    bilan ishlab, keyin haydash; 
    - taxminan qizdirilgan neft va uning mahsulotlarini tarkibiga o`zgartiruvchilar 
    (prisatkalar) qo`shib haydash; 
    - haydalayotgan yuqori qovushqoqli neft va uning mahsulotlarini fizik 
    xossalarini (qovushqoqligini, qotish haroratini) tarkibiga suyultiruvchilar qo`shib 
    yaxshilash mumkin. 
    Suyultiruvchilar sifatida: kondensatlar, benzinlar, qovushqoqligi kichik bo`lgan 
    neftlar ishlatiladi. 
    Agar bir kondan turli neftlar qazib olinadigan bo`lsa (yuqori qovushqoqli, 
    yuqori parafinli va kam qovushqoqli), ular aralashtirilganda, aralashmaning 
    qovushqoqligi va qotish darajasi kamayadi. Bu o`z navbatida ularni kerakli masofaga 
    uzatish imkoniyatini yaratadi. 
    Birinchidan qo`shilgan suyultiruvchilarning parafini ko`p bo`lgan neftlarning 
    kimyoviy xossalariga bo`lgan ta‘siri quyidagicha sodir bo`ladi: 
    Birinchidan, neft tarkibidagi parafini qo`shilgan suyultiruvchi tarkibida erishi 
    natijasida, ularning umumiy hajmi tarkibidagi konsentrasiyasi va tegishlicha 
    miqdorda qovushqoqligi ham kamayadi. 
    Ikkinchidan, suyultiruvchi sifatida kichik qovushqoqli neft ishlatilganda, uning 
    tarkibidagi asfalt – smola ko`rinishidagi moddalar yuqori parafinli neftlar tarkibidagi 


    201 
    neft kristallarini o`sishiga halaqit beradi (o`stirmaydi). Natijada aralashmaning 
    qovushqoqligi va qotish harorati kamayadi. Ma‘lum bir yuqori parafinli neftlar tarkibi 
    70% gacha suyultirilgan. 
    Qovushqoqligi yuqori neft va neft mahsulotlarini benzin, kerosin va 
    kondensatlar bilan suyultirish amalda ishlatilmaydi. Buning asosiy sababi neft kon 
    havzasidan toki mahsulot omborlari (yoki neftni qayta ishlash zavodi) gacha quvurlar 
    qurish uchun katta mablag` talab etiladi. 

    Download 2,57 Mb.
    1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   154




    Download 2,57 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov, R. S. Bekjonov, A. I. Abdirazаkov, M. X. Ashurov

    Download 2,57 Mb.
    Pdf ko'rish