• XIV.4. Neftlarni prisatkalar bilan haydash
  • XIV.3. Issiqlik bilan ishlangan neft va uning mahsulotlarini haydash




    Download 2,57 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet119/154
    Sana28.11.2023
    Hajmi2,57 Mb.
    #106996
    1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   154
    Bog'liq
    N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov,

    XIV.3. Issiqlik bilan ishlangan neft va uning mahsulotlarini haydash 
    Issiqlik bilan ishlash yuqori qovushqoqli neft va uning mahsulotlarini quvurlar 
    orqali tashish asosiy usullardan biri hisoblanadi. Issiqlik bilan ishlash quyidagicha 
    amalga oshiriladi. Neft yoki neft mahsuloti ma‘lum haroratgacha qizdirilib, keyin 
    hosil qilingan rejim tezligida sovutiladi. Optimal qizdirishda hosil bo`lgan sovutish 
    tezligi, har bir neft mahsuloti (neftlar) uchun laboratoriya sharoitida aniqlanadi. 
    Natijada issiqlik bilan ishlangan neftning samarali qovushqoqligi va qotish tezligi 
    tezda kamayadi. Buning asosiy sababi qizdirib ishlash natijasida neft tarkibidagi 
    asfalt – smola moddalar hosil qilgan parafinning mayda kristall panjalarini hosil 
    bo`lishiga imkoniyat yaratadi. Hosil bo`layotgan struktura osonlik bilan bo`linadi. 
    Neft tarkibida qanchalik asfalt – smola moddalari ko`p bo`lsa, shunchalik issiqlik 
    bilan ishlash samaradorligi yuqori bo`ladi. 
    Issiqlik bilan ishlangan neft va neft mahsulotlari xossalarining (qotish 
    haroratini) birlamchi holat (issiqlik bilan ishlashgacha) darajasigacha qaytish vaqti, 
    ularning turiga bog`liq bo`ladi. 
    Masalan ma‘lum bir neftlarda birlamchi xossani tiklanish vaqti 3 – 4 sutkada 
    sodir bo`lsa, boshqa ma‘lum bir neftlarda sutka atrofida sodir bo`ladi. Bu davr ichida 


    203 
    yuqori qovushqoqli parafinli neft va uning mahsulotlarini qovushqoqligi va qotish 
    harorati past bo`lib, ularning quvurlar orqali kam qovushqoqli neftlar kabi haydash 
    imkoniyati yaratiladi. 
    XIV.4. Neftlarni prisatkalar bilan haydash 
    Keyingi paytlarda yuqori parafinli neftlarning reologik xossalarini yaxshilash
    ularning tarkibiga neftda eruvchan mahsulot prisatkalar qo`shish orqali amalga 
    oshirilmoqda. Bu ishlar neftlarni quvurga haydashdan oldin bajariladi. Agar tarkibi 
    massa og`irligi 0,02:0,2 foizli prisatka qo`shilsa, yuqori haroratli qotuvchi parafinli 
    neftlar Nyuton suyuqligiga o`xshab qoladi. Sanoat miqiyosida prisatkalar vazifasida 
    kukunsiz (bezzolin) etilen sapolimentlari va metakril kislotasining murakkab efirlari 
    asosidagi prisatkalar ishlatilmoqda. 
    Qo`shilgan prisatkalarni depressorlik ta‘sirlar mexanikasi hozircha juda aniq 
    emas. Taxminlarga ko`ra cho`kayotgan parafin kristallarining yuzasiga prisatka 
    molekulalari adsorbtsiyalari ularni o`sishiga xalaqit beradi. Natijada yuqori depressor 
    darajali va ko`p sonli mayda kristalli parafin suspenziyasi hosil bo`ladi. Undan 
    tashqari prisatka molekulalarining hajmi kattaligi va tarmoqli strukturaga ega 
    bo`lishligi, parafin kristallarining mustahkam panjara hosil qilishiga ta‘sir ko`rsatadi. 
    Prisatkalarni qo`shishdan oldin parafinlar neftdagi bir jinsli eritmani hosil bo`lguniga 
    qadar qizdirish kerak. 
    Prisatkali neftlarni quvurlar orqali haydalganda issiqlik stantsiyalarida qizdirish 
    kerak bo`lmaydi. 

    Download 2,57 Mb.
    1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   154




    Download 2,57 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    XIV.3. Issiqlik bilan ishlangan neft va uning mahsulotlarini haydash

    Download 2,57 Mb.
    Pdf ko'rish