208
Glossariy
ABSORBSIYA (YUTILISH) - eritma yoki gaz aralashmasidagi modda
(absorbat) larning qattiq yoki suyuq jism (absorbent) larga yutilishi. Gazlarning
suyuqliklarida absorblanishidan neftni qayta ishlash, koks-benzol va boshqa
sanoat sohalarida foydalaniladi. Absorbtsiyaga qarama-qarshi jarayon desorbtsiya
deyiladi. U eritmaga singigan gazni ajratib olish va absorbentni regeneratsiya
qilishda foydalaniladi.
ADSORBENTLAR - qattiq yoki suyuq moddalar. Ularning zarrachalari
yuzasida adsorbtsiya hodisasi-moddalar va ular bilan birga bo’lgan gazlar yoki
aralashmalarning yutilishi. Silikagenlar, aktivlashtirilgan ko’mirlar, ba’zi oksidlar
yaxshi adsorbent hisoblanadi.
ADSORBTSIYA - eritmadagi moddalar va gazlarning qattiq jism yoki
suyuqlik sirtiga yutilishi (adsorbtsiya). Adsorbtsiyalanadigan modda adsorbat,
adsorbtsiyaga o’tadigan jins “adsorbent” deyiladi. Adsorbtsiya suv, gazlarni
tozalashda qo’llaniladi.