XII.2. Neftni qizdirishni asosiy holati




Download 2,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/154
Sana28.11.2023
Hajmi2,57 Mb.
#106996
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   154
Bog'liq
N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov,

XII.2. Neftni qizdirishni asosiy holati 
Ko‘pgina neftlar harorat pasayishi (sovishi) bilan oquvchanligini yo‘qotadi, 
ba’zilari esa hatto qattiq holatga o‘tib qoladi. Neftning sovishi (sovutish) natijasida 
qovushqoqlik oshishi uning tarkibida yuqori molekulyar og‘ir uglevodorodlar mavjud 
bo‘lishi yoki parafinning kristallanishi sababli sodir bo‘lishi mumkin. 
Neftni qizdirishuning fizik – texnik xossalarini sezilarli darajada o‘zgarishiga 
olib keladi. Qizdirish natijasida neftning hajmi oshadi, ichki ishqalanish kuchi 
kamayadi, oquvchanligi oshadi. 
Yuqori parafinli neftni qizdirganda parafin eriydi; hosil bo‘lgan kristall 
to‘qimalari buziladi va neft oquvchan bo‘ladi. Neft oquvchanligini tiklash – ularni 
transport qilish uchun muhim hisoblanadi. 
Biroq qizdirish ko‘rsatgichi shular bilan chegaralanib qolmaydi. Bu quyidagi 
jarayonlarni bajarish uchun kerak bo‘ladi: 
neftni deemulsatsiyasi uchun; 
mexanik jinslarni ajratish; 
neft aralashishi; 
neft idishlari ostidagi cho‘kindilardan tozalash va b. 


192 
Konlarda ko‘pincha bug‘li, elektr energiyasi yordamida va olovli 
qizdirgichlardan foydalaniladi. 
Suv bug‘i – qizdirishning keng tarqalgan usuli. Bu usul nisbatan katta issiqlik 
miqdoriga va yuqori issiqlik berish koeffitsiyentiga ega. 
Bug‘ bilan qizdirish birmuncha oddiy. Bundan tashqari, yong‘inga xavfsiz, 
kerakli obyektga transport qilish oson. Bug‘ bilan qizdirish doimiy haroratda amalga 
oshiriladi, shuning uchun bu jarayonni boshqarish juda oddiy. 
Issiqlik energiyasidan foydalanish samaradorligini oshirish uchun bug‘ 
quyidagi siklda ishlatiladi: qozonxonadan chiqqan bug‘ nasoslarga o‘tadi; chiquvchi 
bug‘ issiqliq almashtiruvchi qurilmalardan o‘tadi va bu yerda neft mahsulotlaridan 
tozalangan kondensat bug‘qozonxonadanga yuboriladi. 
Keyingi o‘rinda elektr energiyasi yordamida qizdirish tarqalgan. Biroq 
qizdirish maqsadida elektr energiyasidan foydalanishda elektr qizdirgichlar himoya 
qobiqlarining ko‘chib ketishi natijasida yong‘inga xavfli bo‘lgani uchun biroz 
chegaralangan. O‘tkazgich harorati bu vaqtda neftning o‘z – o‘zidan yonib ketish 
chegarasidan oshib ketishi mumkin. Bundan tashqari, o‘tkazgichning yuqori harorati 
neftni qisman kokslanishiga ham olib kelishi mumkin. Shuning uchun elektr 
qizdirgichlar neftga botgan holda qo‘llanilishi mumkin. 
Qisqa masofali neft quvurlarini qizdirish uchun quvurlaning tashqi qismiga 
o‘raladigan qizdirish tasmalari qo‘llaniladi. So‘nggi yillarda quvurlar ichki sirtiga 
o‘raladigan elektr qizdirgichlar (skin-effekt) keng tarqalib bormoqda. Elektr 
qizdirgichlarning asosiy afzalligi – ishlatishdagi qulayligi va ixchamligidir. 
Olovli qizdirgichlar maxsus quvurli pechlarda amalga oshiriladi. 

Download 2,57 Mb.
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   154




Download 2,57 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



XII.2. Neftni qizdirishni asosiy holati

Download 2,57 Mb.
Pdf ko'rish