138
IX.4
-
rasm. Suzuvchi quvurli rezervuar:
1-yomg’ir suvlarini yig’ib to’kuvchi quvur; 2-neft uzatuvchi quvur; 3-yig’ilgan neftni
jo’natuvchi quvur. 4-rezervuarning korpusi. 5-suzib yuruvchi qopqoq, 6-qopqoq bilan
rezervuarni ajratuvchi.
Kirish lyuki, rezervuarni pastki qismida joylashgan bo`lib, u orqali ichki
qismini tozalash, ta‘mirlash hamda shu ishlarni bajarish davomida shamollatishga
mo`ljallangan. Yorug`lik lyuki, tepada joylashgan bo`lib, rezervuar ichiga yorug`likni
tushishi va shamollatish uchun xizmat qiladi. Xlopushka qabul qiluvchi – tarqatuvchi
quvurning ishdan chiqqan paytida, neft mahsulotlarini to`kilishini oldini olish uchun
xizmat qiladi. Nafas oluvchi klapan rezervuarning ichki bo`shlig`ini atmosfera bilan
bog`lash uchun xizmat qiladi. Gidravlik saqlovchi klapan, nafas oluvchi klapanning
ishdan chiqqan paytida rezervuar ichidagi ortiqcha bosimni kamaytirish uchun xizmat
qiladi. Olovdan saqlovchi klapan – olov yoki uchquni nafas oluvchi klapanlar orqali
rezervuarlar ichiga kirishini oldini olish uchun xizmat qiladi.