136
tashqari) tayanch ustuni bo`lib, bu ustun tomning yopadigan bo`laklari (xitlari)
mahkamlanadi. Sferik ko`rinishda yopilgan rezervuarlarning hajmi 10000, 15000 va
20000 m
3
bo`ladi. Bularda tom bo`laklari rezervuar korpusiga o`rnatilgan qattiq xalqa
konturi bo`yicha mahkamlanadi. Rezervuar devori metalli qalinligi (pastdan
yuqoriga) 6 – 14 mm, tom metallining qalinligi 3 mm bo`ladi.
Suzib yuruvchi qopqoqli rezervuarning statsionar (qo`zg`almas) tomi
bo`lmaydi. Tom vazifasida metalldan yasalgan, suyuqlik yuzasida yuruvchi disk
mavjud. U maxsus konstruktsiyaga ega bo`lib, uning suyuqlik ustidagi harakati
qo`zg`aluvchan narvon yordamida amalga oshiriladi. Bunday rezervuarlarning hajmi
100 – 50000 m
3
ga bo`ladi.
Suzib yuruvchi pontonli rezervuarlarga tomli metall bo`laklari bilan yopilgan
rezervuarlar kiradi. Ponton g’ovvak ko`rinishidagi disk bo`lib, suyuqlik yuzasiga
tegib turadi, ya‘ni suyuqlik bilan harakatlanadi. Suyuqlik yuzasi bilan uning o`rtasida
havo bo`shlig`i yo`qligi sababli, yengil bug`lanuvchan mahsulotlarni isrof bo`lishligi
4–5 marta kam bo`ladi.
Tomchi ko`rinishidagi rezervuarlar, oddiy tik o`rnatilgan rezervuarlarning
ishlatish mumkin bo`lmagan hollarda, yengil bug`lanuvchan neft mahsulotlarini
saqlash uchun foydalaniladi.
Havo bo`shlig`idagi ichki bosim
0,04 – 0,2 MPa (
0,4 – 2 kgs/sm
2
) ga
mo`ljallangan. Yengil bug`lanuvchi mahsulotlarni saqlashda, umuman ularning isrof
bo`lishligi sodir bo`lmaydi. «Kichik» nafas olishdagi yo`qolish bo`ladi. Faqat
to`ldirishda bug`lar havoga chiqaziladi («katta» nafas olishdagi yo`qolish).
Yotiq rezervuarlar taqsimlovchi neft mahsuloti omborlarida va tarqatuvchi
omborlarida, neft mahsulotlarini tashishda va saqlashda ko`p ishlatiladi. Ular
0,07
MPa ichki –
100 m
3
ni tashqil etadi.