• Topshiriqlar
  • TO‘PLAM HAQIDA TUSHUNCHA Tayanch so‘z va iboralar
  • Nazorat savollari va topshiriqlar




    Download 3.44 Mb.
    bet5/85
    Sana07.11.2023
    Hajmi3.44 Mb.
    #95098
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85
    Bog'liq
    matem
    1612-1614, Document (6), Fizika-texnika fakulteti, ENGLISH SPEAKING MASTERCLASS
    Nazorat savollari va topshiriqlar:
    1.Maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlantirishda va ularni maktabga tayyorlashda matematik bilimlarning roli qanday?

    1. Matematik bilim berish vositalari nimalardan iborat?

    2. MTTda matematik ta’lim berish metodikasining maqsadi va vazifalari nimalardan iborat?

    Topshiriqlar: Maktabgacha yoshdagi bolalarga matematik bilim berish vositalarini tahlil qiling. Ularni ”Venn” diagrammasi asosida taqqoslang va taqdimot tayyorlang.
    Adabiyotlar:

    1. Ўзбекистон Республикаси Президентининг “2017-2021-йилларда мактабгача таълим тизимини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги 2707-сонли Қарори. 2016 йил, 29 декабрь.

    2. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг “Мактабгача таълим муассасалари фаолиятини такомиллаштириш тўғрисида” ги 528сонли Қарори. 2017 йил, 19 июль.

    3. Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Мактабгача таълим тизими бошқарувини тубдан такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПФ-5198-сонли Фармони. 2017 йил 30 сентябрь.

    4. Бикбаева Н.У., Ибрагимова З.И., Қосимова Х.И. Мактабгача тарбия ёшидаги болаларда элементар математик тасаввурларни шакллантириш. – Т.:

    Ўқитувчи, 1995 й.
    TO‘PLAM HAQIDA TUSHUNCHA
    Tayanch so‘z va iboralar: to‘plam, universal to‘plam, to‘plam elementlari, taqqoslash, fazoviy va miqdoriy munosabatlar, didaktik materiallar, bir qiymatli moslik, natural sonlar.
    To‘plamning tavsifiy xususiyatlari. To‘plam ta’riflanmaydigan tushuncha bo‘lib, misollar asosida izohlanadi, masalan, Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi bolalar to‘plami, qo‘ldagi barmoqlar to‘plami yoki gapdagi so‘zlar to‘plami kabi. Bundan tashqari, to‘plam biror narsaning yig‘indisini anglatuvchi so‘zlar o‘rnida qo‘llanadi, masalan, gala, guldasta, poda, ammo bu yig‘indida bitta element bo‘lishi yoki birorta ham element bo‘lmasligi mumkin. To‘plamni turli usullar bilan berish mumkin, masalan, 2 va 0 sonlari orasidagi butun sonlar to‘plami, bog‘cha hovlisidagi daraxtlar to‘plami, viloyatdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlar to‘plami va hokazo, umuman to‘plamni berish elementlarni sanash yoki uni tashkil etuvchi narsalarning xususiyatlarini aytish bilan beriladi. Narsalarning sifat belgilarini ajrata bilish va ular uchun umumiy bo‘lgan bitta belgi asosida bir guruhga birlashtirish sifat kuzatishlaridan miqdor kuzatishlariga o‘tishning muhim sharti hisoblanadi. Bolalar bilan ishlash narsalarning umumiy belgilariga qarab tanlash va guruhlarga birlashtirish (,,barcha qizil rangli kubiklarni tanlab ol” va shu kabilar)ni topshirishdan boshlanadi.

    Download 3.44 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85




    Download 3.44 Mb.