• 8.Tashqi fotoeffektga asoslangan fotoelementlar
  • Fotoelementlar, fotokuchaytirgichlar




    Download 0,99 Mb.
    bet8/17
    Sana16.05.2024
    Hajmi0,99 Mb.
    #238481
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
    Bog'liq
    FOTOKUCHAYTIRGICHLAR MAVZUSINING MAZMUNI VA O‘TISH METODIKASI

    7.Fotoelementlar, fotokuchaytirgichlar: Tashqi va ichki fotoeffekt hodisalariga asoslanib yorug’lik signallarini elektr signallariga aylantiruvchi qabul qilgichlar zamonaviy sanoatda juda ko’p ishlab chiqarilmoqda; bularning umumiy nomi fotoelementlar deb ataladi. Ular texnikada va ilmiy tadqiqot ishlarida juda keng ishlatiladi. Hozirgi kunda turli-tuman optik o’lchashlarni biror turdagi fotoelementlardan foydalanmasdan o’tkazib bo’lmaydi. Hozirgi zamon fotometriyasi, spektrometriyasi va spektrning keng sohasidagi spektrofotometriyasi, moddaning spektral analizini, yorug’likning kombinatsion sochilishida kuzatiladigan zaif yorug’lik oqimlarini ob’yektiv o’lchashlarni, astrofizika, biologiya va boshqalarni fotoelementlarni qo’llamasdan tasavvur qilish qiyin; infraqizil spektrlar ko’pincha spektrning uzun to’lqinli sohasida ishlaydigan maxsus fotoelementlar yordamida qayd qilinadi. Fotoelementlar texnikada juda keng qo’llaniladi: ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish va nazorat qilish, tasvir uzatish va televideniyedan tortib lazerlarga asoslangan optik aloqagacha bo’lgan turli aloqa sistemalari hamda kosmik texnika fotoelementlar qo’llaniladigan sohalarning bir bo’lagi bo’ladi xolos, bu sohalarda fotoelementlar hozirgi zamon sanoati va aloqasining turli-tuman texnik masalalarini hal qilib beradi.
    8.Tashqi fotoeffektga asoslangan fotoelementlar: Tashqi fotoeffekt asosida ishlaydigan birinchi vakuum fotoelementi 1889 yilda yasalgan. Tashqi fotoeffekt hodisasi vakuumli fotoelementlarda ishlatiladi (9-rasm). Vakuum hosil qilingan shisha ballon ichki devoriga surkalgan metall qatlami vakuum fotoelementning K katodi bo’lib xizmat qiladi. Anod A metall xalqa tarzida yasalgan bo’lib, ballonning markaziy qismiga joylashtirilgan. Katodni yoritganda fotoelement zanjirda elektr toki paydo bo’ladi. Bu tokning kuchi yorug’lik oqimi kattaligiga proporsionaldir.
    Fotoelementlar yordamida hal qilinadigan masalalar juda turli-tuman bo’lgani uchun har xil texnik xarakteristikalarga ega bo’lgan fotoelementlarning juda ko’p turlari yaratildi. Har bir masalani hal qilishda fotoelementning optimal turini tanlash uchun bunday xarakteristikalardan xabardor bo’lish kerak. Tashqi fotoeffektga asoslangan fotoelementlarning (vakuum fotoelementlarining) quyidagi xarakteristikalarini bilish zarur:
    1) spektrning qaysi sohasida ishlashi;
    2) spektral sezgirligining nisbiy xarakteristikasi (bu xarakteristika monoxromatik yorug’lik bilan yoritilgan holdagi spektral sezgirlikning xarakteristikaning maksimumdagi sezgirlikka bo’lgan o’lchamsiz nisbatining tushayotgan yorug’likning to’lqin uzunligiga bog’liqligidan iborat);
    3) umumiy sezgirlik (bu sezgirlik fotoelementni standart yorug’lik manbai bilan yoritganda aniqlanadi);
    4) beradigan kvantlari miqdori (chiqayotgan fotoelektronlar sonining fotokatodga tushayotgan fotonlar soniga bo’lgan nisbatning protsent hisobidagi qiymati);
    5) inersionlik (vakuum fotoelementlarida bu xarakteristika elektronlarning fotokatoddan anodga uchib borishiga ketadigan vaqt bilan aniqlanadi). Fotoelementning qorong’ilik toki ham muhim parametr bo’lib, u odatda fotokatodning xona temperaturasidagi termoemissiyasi bilan sirqish toki orqali aniqlanadi.
    Fotokatodning materiali va kolbaning materialiga qarab fotoelementlarni 0,2 – 1,1 mkm diapazonida ishlatish mumkin. Ularning 1 lyumen yorug’lik oqimiga to’g’ri kelgan umumiy (integral) sezgirligi 20 – 100 mkA bo’ladi, termoemissiyasi esa 10-11 – 10-16 A/sm2 ichida o’zgaradi. Vakuum fotoelementlarining eng muhim afzalligi ularning juda doimiy bo’lishi va yorug’likoqimi bilan fototok orasidagi bog’lanishining chiziqli ekanligidadir.
    Shuning uchun ular spektrning ko’rinuvchan va ul’trabinafsha sohasida ob’yektiv fotometriya, spektrometriya, spektrofotometriya va spektral analizda uzoq vaqt ko’p qo’llanib kelindi. Vakuum fotoelementlarining yorug’lik o’lchashlarida qo’llanishdagi eng asosiy kamchiligi ular ishlab chiqaradigan elektr signallarning zaifligidadir. Bu kamchilik fotoelektron kuchaytirgichlarda (FEK larda) butunlay bartaraf qilingan bo’lib, bu asboblarni rivojlangan fotoelementlar deb hisoblash mumkin.

    Download 0,99 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




    Download 0,99 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fotoelementlar, fotokuchaytirgichlar

    Download 0,99 Mb.