• Xulosa
  • Ichki fotoeffekt asosida ishlaydigan fotoelementlar




    Download 0,99 Mb.
    bet16/17
    Sana16.05.2024
    Hajmi0,99 Mb.
    #238481
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
    Bog'liq
    FOTOKUCHAYTIRGICHLAR MAVZUSINING MAZMUNI VA O‘TISH METODIKASI

    10. Ichki fotoeffekt asosida ishlaydigan fotoelementlar: Vakuum fotoelementlari va FEK lar spektrning infraqizil sohasida spektrometrik o’lchashlar o’tkazishga yaramaydi, chunki hozirgi vaqtda ishlatiladigan fotokatodlarning qizil chegarasi 1100 nm dan ortmaydi. Lekin hozirning o’zidayoq 3 – 4 mkm gacha bo’lgan sohada o’lchash o’tkazish imkoniyatini beradigan materiallar ma’lum. SHu sababli infraqizil sohada o’lchash o’tkazishda ichki fotoeffekt asosida ishlaydigan fotoelementlar qo’llaniladi. Ular qatoriga , va asosida yasalgan va 6 mkm gacha bo’lgan sohada o’lchashga imkon beradigan sovitilmaydigan fotorezistorlarni hamda oltin, rux, mis va boshqa metallar bilan legirlangan (maxsus usul bilan qo’shilgan) germaniy asosida ishlangan va 40 mkm gacha bo’lgan sohada o’lchashga imkon beradigan qattiq sovitiladigan fotorezistorlarni kiritish mumkin.
    Spektrning uzunroq to’lqinlar qismida o’lchash o’tkazganda issiqlik qabul qilgichlardan foydalaniladi; ular tushayotgan nurlar ta’sirida isiganda yo o’z o’tkazuvchanliklarini o’zgartiradi yoki ularda EYK vujudga keladi. Yarimo’tkazgichli fotoelementlarda elektr signalining kattaligi yoritilganlikka qat’iy chiziqli bog’langan emas. Bu kamchilik va fotoelement sezgirligining doimiy emasligi ta’minlovchi manbaning stabilmasligi, o’lchash sxemasining kuchaytirish qobiliyatining o’zgarib turishi kabi kamchiliklar ikki nurli sistemadan foydalanish bilan bartaraf qilinadi. Ikki nurli sistemada yutadigan moddadan o’tgan yorug’likning absolyut intensivligi emas, balki bu intensivlikning yoritayotgan manbaning yopyg’lik intensivligiga bo’lgan nisbati o’lchanadi.
    Foto elementlar qo’llaniladigan juda ko’p hollarda ularning o’lchash xususiyatlariga qat’iy talablar qo’yilmaydi. Shuning uchun ichki foto effekt asosida ishlaydigan foto elementlar o’lchamlari kichik ta’minlovchi kuchlanishlar past bo’lgani va bir qator boshqa konstruktiv xususiyatlarga ega bo’lgani uchun avtomatik sistemalarda, boshqarish sistemalarida, Quyosh energiyasini o’zgartirishda, ishlab chiqarishni nazorat qilish va boshqa sohalarda keng qo’llaniladi. Bu foto elementlarning inersion xususiyatlari yomonligi ularning qo’llanilishiga to’sqinlik qiladigan hollar bundan mustasnodir1.

    Xulosa

    Bu mavzuda biz yorug’lik tabiati bilan bog’liq bo’lgan ba’zi bir hodisalar bilan tanishdik. Moddalarning sindirish ko’rsatkichi refraktometriya to’la ichki qaytish hodisalari nafaqat ilmiy balki amaliy ishlarida ham muhim ahamiyatga ega.


    Tola optikasida hozirgi vaqtda amalda kengm qo’llanilmoqda. Hayvonlar ichki organlarini tekshirishda va jarrohlik ishlarida svetovodlardan foydalanilmoqda. Fotometriya qonunlari esa kundalik hayot uchun ilmiy va amaliy ishlar uchun ham muhimdir.
    Yorug’likning yutilishi inson va barcha tirik mavjudod hayoti faoliyati uchun zarur jarayondir. Undan ma’lum yo’nalishlarni ajratib olish va qutblangan yorug’lik bilan turli tajribalar o’tkazish mumkin. Bundan esa amalda eritmalar konsentrasiyasini aniqlashda foydalanish mumkin. Nurlar yordamida stirlizasiya ham qilish keng qo’llanilmoqda. Yorug’likning kvant tabiati ochilishi ko’plab jarayonlarning mohiyatini ochishda muhim rol o’ynadi. Ayniqsa fotoeffekt hodisasining ochilishi va amalda qo’llanilishi inson va hayvonlar hayotida katta o’zgarishlarga sabab bo’ladi. Bu hodisaning kvant tabiatga ega ekanligi ko’plab tasavvurlarni oydinlashtirdi.
    Fizika o’qitish metodikasini rivojlantirish xususan, fizika fanlarini o’qitishda fanlararo bog’lanishni ta’minlash o’quvchilar bilimini chuqurlashtirishga, mustahkamlashtirishga, fikrlash qobiliyatini o’stirishga va uning dunyo qarashini kengaytirishga yordam beradi. Fanlararo bog’lanishlarning turlari, shakllari va mazmunini namoyon qilish jarayonida o’quvchilarning boshqa fanlarni qanday darajada o’zlashtirilganligi aniqlanadi va o’rganilayotgan materiallarning mohiyatini to’la va chuqur anglab, tushunib yetishni ta’minlaydi.
    Ta’lim mazmuni oddiydan murakkabga, xususiylikdan umumiylikka, tajriba natijalariga asoslangan o’quv materiallari o’rnida nazariy - amaliy xulosalar, natijalar ustivorlik qilgan o’quv materiallari asosida takomillashtirilib, rivojlantirilib boriladi. negizini tashkil etadi.



    Download 0,99 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




    Download 0,99 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ichki fotoeffekt asosida ishlaydigan fotoelementlar

    Download 0,99 Mb.