|
Namangan davlat universiteti fizika fakulteti fizika yo
|
bet | 14/17 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 0,99 Mb. | | #238481 |
Bog'liq FOTOKUCHAYTIRGICHLAR MAVZUSINING MAZMUNI VA O‘TISH METODIKASI7. Dember effekti: Qaralayotgan effekt nemis fizigi X.Dember tomonidan ochilgan. Faraz qilaylik yarimo’tkazgich notekis yoritilayotgan bo’lsin. Bunga turli xil yo’llar bilan erishish mumkin. Agar yarimo’tkazgich yetarlicha kuchli ravishda yorug’likni yutsa, u holda yoritilganlikning notekisligi hatto yarimo’tkazgichning barcha sirti bir xil zichlikdagi yorug’lik oqimi bilan yoritilganida ham vujudga keladi, bu holda sirt yaqinida qatlam uning chuqurroq qatlamlariga qaraganda kuchliroq yoritiladi.
Barcha hollarda yarimo’tkazgichning ko’proq yoritilgan qismlarida, kamroq yoritilgan yoki umuman yoritilmagan qismlariga qaraganda, ko’proq elektron-teshik juftlar hosil bo’ladi. Elektronlar va teshiklar yanada yuqoriroq konsentratsiyali qismlaridan kichik konsentratsiyali qismlariga diffuziyalana boshlaydilar (kuchli yutuvchi yarimo’tkazgichda ular yoritilgan sirtdan yarimo’tkazgichning ichiga diffuziyalanadi). Tashuvchining diffuziya koeffitsiyenti uning harakatchanligi orqali quyidagi tarzda ifodalanadi: , bu yerda – yarimo’tkazgich temperaturasi, – Bol’sman doimiysi. bo’lganligi uchun bo’ladi. Elektronlar va teshiklarning diffuziya koeffitsiyentlari turlicha bo’lganligi elektronlarning ko’proq yoritilgan qismlardan kamroq yoritilgan qismlarga diffuziyalanishiga olib keladi. Natijada optik generatsiyalangan elektronlarning va teshiklarning fazoviy bo’linishi ro’y beradi – foto - EYK paydo bo’ladi. Ta’kidlash zarurki, foto - EYK uncha katta bo’lmaganligi sababli, Dember effekti amaliyotda qo’llanish topmadi.
8.Fotomagnitoelektr effekt (Kikoin-Noskov effekti): Bu effekt 1934 yilda rus fiziklari I.K.Kikoin va M.M.Noskovlar tomnidan ochilgan. Bu effekt 12-rasm yordamida tushuntiriladi. Yorug’likni yetarlicha kuchli yutadigan, yorug’lik bilan yoritilgan, yarimo’tkazgich, yo’nalishi yorug’lik oqimiga perpendikulyar yo’nalgan magnit maydoniga joylashtiriladi.
12-rasm.
Agar magnit maydoni bo’lmaganida edi, optik generatsiyalangan elektronlar va teshiklar yarimo’tkazgich ichiga difuziyalanar va biz Dember effektini kuzatgan bo’lar edik. Magnit maydoni elektronlarni va teshiklarni turli tomonlarga og’diradi, bu bilan ularni yorug’lik va maydon yo’nalishiga perpendikulyar yo’nalishda fazoviy ajratadi. Natijada bir necha o’nlab vol’tgacha yetadigan EYK paydo bo’ladi. Ushbu effekt asosida ishlovchi qabul qilgichlar infraqizil nurlanishni qayd qilish uchun ishlatiladi.
|
| |