Fotoelektron kuchaytirgich (FEK) lar




Download 0,99 Mb.
bet9/17
Sana16.05.2024
Hajmi0,99 Mb.
#238481
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
FOTOKUCHAYTIRGICHLAR MAVZUSINING MAZMUNI VA O‘TISH METODIKASI

9.Fotoelektron kuchaytirgich (FEK) lar: 1934 yilda dastlabki FEK larga asos solingan. Ularning ishlash prinsipi bilan 15.10-rasmdan tanishish mumkin. Fotokatod ( ) dan chiqqan (emissiyalangan) fotoelektronlar elektr maydoni ta’sirida tezlashadi va birinchi oraliq elektrodga tushadi. Tushayotgan fotoelektronlar ikkilamchi elektronlarning chiqishiga sababchi bo’ladi; ma’lum sharoitlarda ikkilamchi emissiya fotoelektronlarning dastlabki oqimidan bir necha marta katta bo’lishi mumkin. Elektrodlarning konfiguratsiyasi shundayki, fotoelektronlarning ko’pchiligi elektrodga, ikkilamchi elektronlarning ko’pchiligi esa navbatdagi elektrodga tushadi, bu elektrodda ko’payish jarayoni qaytariladi va hokazo. Elektrodlar (dinodlar) 10 – 15 ta bo’ladi; bularning eng oxirgisidan chiqayotgan ikkilamchi elektronlar anodga yig’iladi.
Bunday sistemalarning umumiy kuchaytirish koeffitsiyenti 107 – 108 ga, umumiy (integral) sezgirligi lyumenga to’g’ri kelgan minglab amperga yetadi. Bundan FEKlar yordamida juda katta toklar olish mumkin degan xulosa chiqarmay, balki juda zaif yorug’lik oqimlarini o’lchash mumkin degan xulosa chiqarish kerak.



10-rasm. Fotoelektron kuchaytirgichlar.

Ravshanki, vakuum fotoelementlaridagidek texnik xarakteristikalar, shuningdek, kuchaytirish koeffitsiyenti va uning ta’minlovchi kuchlanishga bog’liqligi FEK ni to’liq ta’riflab beradi. Hozirgi vaqtda hamma yerda vakuum fotoelementlarining o’rniga fotoelektron kuchaytirgichlar qo’llanilmokda. FEK larning kamchiliklari sifatida yuqori vol’tli va stabillashtirilgan manbadan foydalanish zarurligi, sezgirlik stabilligining bir oz yomon ekanligi va shovqinlar ko’p ekanligini ko’rsatish mumkin. Lekin fotokatodlar sovitilsa va chiqish toki emas, balki impul’slar soni (har bir impul’s bitta fotoelektronga mos keladi) qayd qilinsa, yuqorida aytib o’tilgan kamchiliklarning salbiy ta’siri ancha kamaytirilgan bo’ladi.


Tashqi fotoeffektga asoslangan yorug’lik qabul qilgichlarning eng afzal tomoni fototokning yuklama qarshilik (nagruzka) o’zgarganda o’zgarmasligidir. Demak, fototokning qiymati qancha kichik bo’lmasin qarshiligi katta bo’lgan nagruzka qo’llash va natijada qarshilikda qayd qilish va kuchaytirish uchun yetarli kattalikdagi kuchlanish tushishiga ega bo’lish mumkin. Ikkinchi tomondan, qarshilik o’rniga sig’im ulash va bu sig’imdagi kuchlanishni o’lchab, ma’lum vaqt davomida tushayotgan o’rtacha yorug’lik oqimiga proporsional kattalikni aniqlash mumkin. Bu esa o’z navbatida yorug’likning stabillashmagan manbaidan tushayotgan yorug’lik oqimini o’lchash, ya’ni spektroanalitik o’lchashlarga xos bo’lgan hol uchun juda muhimdir.

Download 0,99 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Download 0,99 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Fotoelektron kuchaytirgich (FEK) lar

Download 0,99 Mb.